"UzAssets Investitsiya Kompaniyasi" AJ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-iyundagi 381-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Kompaniya tasarrufiga o'tkazilgan va keyinchalik o'tkaziladigan davlat ulushi mavjud bo'lgan korxonalarning davlat aksiyalari Vazirlar Mahkamasining Qarorlari asosida kompaniya ixtiyoriga o'tkaziladi.
UzAssets kompaniyasining asosiy maqsadi - davlat ulushi mavjud bo'lgan korxonalarni sotish jarayoniga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish hamda xalqaro standartlarga asosan yirik davlat korxonalarini sotish bo'yicha investorlar bilan muzokaralar olib borish. Kompaniyaning yagona aksiyadori - Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanib, davlat ulushi mavjud bo'lgan yirik korxonalarni sotish va ularni birlashtirish yuzasidan xalqaro tajribani o'rganish, amalda qo'llash va tajribalarni yig'ish bo'yicha Agentlikka platforma bo'lib xizmat qiladi.
Bizning yuqori salohiyatli kadrlarimiz doimiy ravishda xalqaro va mahalliy moliyaviy vositachilar, investitsiya fondlari va banklar, auditorlik firmalari va kapital bozori ishtirokchilari bilan mustahkam, ishonchli va bardavom aloqalar o'rnatishga intiladi.
UzAssets ochiqlik, professionallik, yuqori javobgarlik, tezkorlik, bozor tamoyillariga yo'naltirilganlik va zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga asoslangan holda o'z faoliyatini olib boradi.
Kompaniyaning asosiy vazifalari: