Ustav kapitali to'g'risida ma'lumot
"UzAssets" AJ ning yagona aksiyadori - O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi.
"UzAssets" AJ ning boshlang'ich ustav kapitali 20 milliard so'm miqdorida bo'lib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, o'zgartirish va xususiylashtirish byudjetdan tashqari jamg'armasi mablag'lari hisobidan shakllantirildi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-iyundagi 381-sonli "Xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Qarori ijrosi doirasida qabul qilingan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2020-yil 5-oktyabrdagi 213-P-sonli buyrug'iga binoan ustav kapitali qo'shimcha ravishda jami 782 184 006 913 so'm mablag' hisobidan shakllantirildi. Quyidagi jamiyat aksiyalari nominal qiymatda “UzAssets” AJ ga o’tkazilgan:
- "Kvarts" AJ - 148 509 258 800 so'm;
- "Qizilqumcement" AJ - 610 700 719 500 so'm;
- "Urganch Sharob" AJ - 1 605 522 000 so'm;
- "O'zbekiston Shampani" AJ - 1 379 504 000 so'm;
- "Kafolat sug'urta kompaniyasi" AJ - 14 656 602 813 so'm;
- "Olmazor kichik sanoat zonasi" AJ - 5 332 399 800 so'm.
Jamiyat ustav kapitalining umumiy miqdori 802 184 006 000 so'mni, bitta aksiyaning nominal qiymati esa 1 000 so'mni tashkil etadi. Umumiy oddiy aksiyalar soni 802 184 006 dona.