25 Avgust 2021 2111

“O'zbekkimyomash zavodi” AJning 44,71% aksiyalar paketini sotib olish bo'yicha majburiy bo'lmagan takliflarni qabul qilish to'g'risida E'LON

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PF–6167-son Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets investisiya kompaniyasi” AJ (keyingi o`rinlarda – UzAssets yoki Sotuvchi) “ O'zbekkimyomash zavodi” AJ (keyingi o`rinlarda – Kompaniya yoki Zavod) ustav kapitalidagi 44,71 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qiladi (keyingi o`rinlarda – Bitim yoki Sotuv). Deloitte xalqaro kompaniyasi ushbu bitim bo'yicha UzAssets maslahatchisi vazifasini bajaradi.

Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:

Kompaniya O'zbekistonda kimyo va neft -gaz uskunalarini ishlab chiqarish bo'yicha ilk korxonalardan bo'lib, 1941 yildan buyon ishlab kelmoqda. Zavod issiqlik almashinuvi uskunalari, nasoslar, turbokompressorlar, kolon va sig`imli qurilmalari, shuningdek murakkab metallni loyihalash, ishlab chiqarish va texnik xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan.

O'zining quyish va chilangarlik sexlarining mavjudligi, muhandislik xizmatlari va akkreditatsiyalangan laboratoriya ishlab chiqarishning to'liq siklini ta'minlashga imkon beradi. Zavod xodimlarining soni 1000 kishidan oshadi. Kompaniyaning mijozlari va hamkorlari "UzTransGaz", "UzAavto", "Lukoyl", "Gazpromneft", "Sho'rtan" gaz -kimyo majmuasi va shu kabi yirik korxonalardan tarkib topgan.

Ishlab chiqarish hududi Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida, 20,7 gektar er uchastkasida joylashgan. Kompaniya elektr energiyasi, tabiiy gaz, karbonat angidrid, kislorod bo’yicha ulkan ta’minot quvvatiga, shuningdek temir yo'l liniyalarining tayyor yo’laklariga ega (Chirchiq stantsiyasidan 5,9 km uzoqlikda, yuk ko'tarish quvvati - 250 vagon / oyiga 10 000 tonna).

Bitimni amalga oshirish jarayoni

Sotuv jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o`rinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq bo'lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Jarayon manfaatdor xaridorlardan takliflarni qabul qilish va bir yoki bir nechta manfaatdor ishtirokchilar bilan keyingi muzokaralardan iborat bo'ladi.

Ishtirokchilarga ingliz, rus yoki o‘zbek tillaridagi xat shaklida o’z qiziqishini bildirishi (arizachining ixtiyoriga ko‘ra, ammo rus yoki o‘zbek tillarida tayyorlangan xat ingliz tilidagi xat bilan yuborilishi lozim) va quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda yuborish so’raladi:

  • bitimni, shuningdek operatsion faoliyatni o'z va / yoki qarz mablag'lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatga egaligi to’g’risida;
  • muassislar va benefitsiarlarga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilmaganligi va tergovlarning mavjud emasligi, Xaridorning mansabdor shaxslarining ismlari soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro ro'yxatlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining shu kabi ro'yxatlariga kiritilmaganligi to’g’risida;
  • “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga rioya qilinishi to’g’risida.

Arizalar va sanab o'tilgan hujjatlarning taqdim etilishi Ishtirokchiga Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitimni imzolaganidan so'ng, virtual ma'lumotlar xonasiga kirish hamda Deloitte tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarni batafsil o'rganish imkoniyatini beradi. Ushbu bosqichda ishtirokchilarga Majburiy taklifga qo'yiladigan asosiy talablarni o`z ichiga olgan jarayon xati va aksiyalarni sotib olish bo`yicha oldi-sotdi shartnomasi loyihasi ("Shartnoma") taqdim etiladi. Majburiy bo'lmagan takliflar ko'rinishida arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2021 yil 27 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00gacha, majburiy takliflar esa ikki haftalik muddat etib belgilanadi.

Arizalar va majburiy takliflar quyidagi elektron manzillarga yuborilishi kerak: rmukhametshin@deloitte.uz  va yvazhov@deloitte.ru. Arizalar berish jarayoni barcha Ishtirokchilar uchun ochiq.

Qabul qilingan Majburiy takliflar asosida UzAssets ikki hafta ichida muzokaralarga qabul qilingan investorlar ro'yxatini aniqlaydi, ular tanlov natijalari to'g'risida shaxsan xabardor qilinadi. Ushbu bosqichda Sotuvchi va Ishtirokchilar Bitimni amalga oshirish shartlari muhokama qilinadi.

Muzokaralar davomida narx taklifi va Shartnoma bandlari bo’yicha kelishilgan shartlarining eng yaxshi kombinatsiyasini taklif qilgan ishtirokchi g'olib deb e'lon qilinadi. Sotuvchi g'olibni "Toshkent" Respublika fond birjasi qoidalariga va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan Bitim tuzishga taklif qiladi.

Qo'shimcha shartlar

UzAssets sotish jarayonining ketma-ketligini o'zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan UzAssets, Kompaniya va Deliottening Kompaniyani sotish bilan bo`g`liq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. UzAssets va Deliotte o'z xohishiga ko'ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o'z zimmalariga olmasdan:

  • (i) arizalar berish muddatiga o'zgartirish kiritish;
  • (ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki UzAssets, Kompaniya va Deliotte tomonidan ko‘zda tutilgan reja jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
  • (iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki
  • (iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech