20 Oktyabr 2021 2246

“Qo'qon Mexanika Zavodi” AJning 64,08% aksiya paketini sotib olish bo'yicha majburiy bo'lmagan takliflarni qabul qilish to'g'risida E'LON

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PF–6167-son Farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets investisiya kompaniyasi” AJ (keyingi o`rinlarda – UzAssets yoki Sotuvchi) “Qo'qon Mexanika Zavodi” AJ (keyingi o`rinlarda – Zavod yoki QMZ) ustav kapitalidagi 64,08 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qiladi (keyingi o`rinlarda – Bitim yoki Sotuv). Deloitte xalqaro kompaniyasi ushbu bitim bo'yicha UzAssets maslahatchisi vazifasini bajaradi.

Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:

QMZ o'z faoliyatini 1933 yilda boshlagan. Zavod Markaziy Osiyoda neft mahsulotlarini yuqori bosim ostida saqlash uchun yirik rezervuarlar va sig’imlar, shuningdek neft va gaz kompaniyalari ehtiyojlari uchun boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradigan birinchi korxonalardan biri hisoblanadi.

Asosiy va yordamchi ustaxonalari, shuningdek ishlab chiqarish jarayonini energiya bilan ta'minlaydigan muhandislik inshootlari mavjudligi, ishlab chiqarishning to'liq siklini ta'minlashga imkon beradi.

Zavod yangi mahsulot va uskunalar assortimentini kengaytirish imkonini beruvchi malakali muhandislar va mutaxassislarga ega. QMZ mijozlari va sheriklari orasida "UzTransGaz" AJ, "Xududgaztaminot" AJ, "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MCHJ va boshqa kompaniyalar mavjud. Ishlab chiqarish maydoni Farg'ona viloyati, Qo'qon shahrida, 12,15 gektar yer-maydonida joylashgan.

 Bitimni amalga oshirish jarayoni

Sotuv jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o`rinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq bo'lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Jarayon manfaatdor xaridorlardan takliflarni qabul qilish va bir yoki bir nechta manfaatdor ishtirokchilar bilan keyingi muzokaralardan iborat bo'ladi.

Ishtirokchilarga ingliz, rus yoki o‘zbek tillaridagi xat shaklida o’z qiziqishini bildirishi va quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda yuborish so’raladi:

  • bitimni, shuningdek operatsion faoliyatni o'z va / yoki qarz mablag'lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatga egaligi to’g’risida;
  • taklif qilinayotgan bitimning asosiy shartlari (majburiy bo'lmagan taklif);
  • muassislar va benefitsiarlarga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilmaganligi va tergovlarning mavjud emasligi, Xaridorning mansabdor shaxslarining ismlari soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro ro'yxatlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining shu kabi ro'yxatlariga kiritilmaganligi to’g’risida;
  • “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining Qonuniga rioya qilinishi to’g’risida.

Arizalar va sanab o'tilgan hujjatlarning taqdim etilishi Ishtirokchiga Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitimni imzolaganidan so'ng, virtual ma'lumotlar xonasiga kirish hamda Deloitte tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarni batafsil o'rganish imkoniyatini beradi. Ushbu bosqichda ishtirokchilarga Majburiy taklifga qo'yiladigan asosiy talablarni o`z ichiga olgan jarayon xati va aksiyalarni sotib olish bo`yicha oldi-sotdi shartnomasi loyihasi ("Shartnoma") taqdim etiladi. Majburiy bo'lmagan takliflar ko'rinishida arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2021-yil 22-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00gacha.

Arizalar va majburiy takliflar quyidagi elektron manzillarga yuborilishi kerak: rmukhametshin@deloitte.uz, yvazhov@deloitte.ru va sh.saidniyozov@uz-assets.uz. Arizalar berish jarayoni barcha Ishtirokchilar uchun ochiq.

Majburiy takliflarni qabul qilish muddati keying bosqichga o’tkazilgan ishtirokchilarga Konsultant tomonidan xabar qilinadi. Qabul qilingan Majburiy takliflar asosida UzAssets ikki hafta ichida muzokaralarga qabul qilingan investorlar ro'yxatini aniqlaydi, ular tanlov natijalari to'g'risida shaxsan xabardor qilinadi. Ishtirokchilar majburiy narx takliflari bilan birga Shartnoma loyihasiga o’z taklif va izohlarini ham taqdim etishi zarur, ushbu takliflar muzokara bosqichida muhokama qilinishi mumkin.

Muzokaralar davomida narx taklifi va Shartnoma bandlari bo’yicha kelishilgan shartlarining eng yaxshi kombinatsiyasini taklif qilgan ishtirokchi g'olib deb e'lon qilinadi. Sotuvchi g'olibni O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan Bitim tuzishga taklif qiladi.

 Qo'shimcha shartlar

 UzAssets sotish jarayonining ketma-ketligini o'zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan UzAssets, QMZ va Deliottening Zavodni sotish bilan bo`g`liq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. UzAssets va Deliotte o'z xohishiga ko'ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o'z zimmalariga olmasdan:

  • (i) arizalar berish muddatiga o'zgartirish kiritish;
  • (ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki UzAssets, QMZ va Deliotte tomonidan ko‘zda tutilgan reja jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
  • (iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki
  • (iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech