9 Iyul 2021 1871

“Mastona”AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz aksiyalar paketini sotish to`g`risida E’LON

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PF–6167-son Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJ (keyingi o`rinlarda – UzAssets yoki Sotuvchi) “Mastona”AJ (keyingi o`rinlarda – Kompaniya yoki “Mastona”) ustav kapitalidagi 51,00 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qiladi (keyingi o`rinlarda – Bitim yoki Sotuv).

Mazkur Bitim doirasida, xalqaro miqyosda tan olingan konsalting kompaniyalaridan kelib tushgan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali “Mastona”ni xususiylashtirish bo'yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi (keyingi o`rinlarda – Maslahatchi) tanlab olingan.

Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:

  • “Mastona” Farg'ona vodiysining eng aholisi zich va tarixiy markazi bo’lgan Qo’qon shahrida joylashgan;
  • Mastona ikki turdagi mahsulotlarni sotadi: sharob (shirin, quruq, boyitilgan) va aroq mahsulotlari. Zavodning ishlab chiqarish quvvati 500 ming dekalitr aroq mahsulotlari va 200 ming dekalitr sharobni tashkil etadi, quvvatlaridan foydalanish 2020 yilda mos ravishda 70 va 75 foizni tashkil etdi.
  • Kompaniya sotuvlar teng taqsimlangan holda premium va bozorbop segmentlarda ishlaydi. Kompaniya “Mastona”, “Aristokrat”, “Yurmalak” va boshqa savdo markalariga egalik qiladi.
  • Mahsulotlar asosan ichki, mintaqaviy bozorda sotiladi.
  • Kompaniya 150 gektarlik uzumzorlarga egalik qiladi va 2 yil ichida kompaniya o'z uzumida ishlab chiqarishga to'liq o'tadigan maydonni 200 gektargacha kengaytirishni rejalashtirmoqda.
  • Mastona Xitoy, Germaniya va Italiyada ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlangan.
  • Kompaniya 2022 yildan boshlab mineral suv va gazlangan ichimliklar ishlab chiqarish bo'yicha memorandum imzoladi.
  • Korxonada quyidagi muhandislik kommunikatsiyalariga ega: gaz, suv, elektr energiyasi.

Quyidagi havola orqali Kompaniya to`g`risida qo`shimcha ma’lumot olish mumkin: http://www.uz-assets.uz 

Bitimni amalga oshirish jarayoni

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o`rinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq bo'lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Qabul qilingan yondashuvga muvofiq, Kompaniyani sotish mexanizmi va jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:

  1. Xat shaklida ariza (keyingi o'rinlarda – Ariza) yuborish orqali Bitimda ishtirok etish istagini bildirish va ishtirokchilarni malakaviy saralash;
  2. Tijorat va moliyaviy takliflarni ko`rib chiqish va Bitimni tuzish.

Birinchi bosqichda Ishtirokchilarga ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida (arizachining ixtiyoriga ko‘ra, ammo rus yoki o‘zbek tillarida tayyorlangan xat ingliz tilidagi xat bilan yuborilishi lozim) tayyorlangan xat shaklidagi Arizalarni Bitimni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy va boshqaruv resurslari mavjudligini nazarda tutuvchi malaka talablariga muvofiqligi to’g’risidagi hujjatlar yoki shu malaka talablariga mos kelishi to’g’risidagi tasdiq xati bilan birga taqdim etish taklif qilinadi. Malaka talablarining to'liq ro'yxati 1-ilovada ko’rsatib o’tilgan. Tasdiq xati bilan Ariza berilgan holda, tasdiqlovchi hujjatlar Majburiy taklifni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkin. Arizalarni
2021-yil 9-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dan kechiktirmasdan quyidagi elektron manzillarga yuborish lozim: a.mukhamatkulov@uz-assets.uz, dkalazhanov@kpmg.kz, annakireeva@kpmg.ru, ssandykbayeva@kpmg.kz.

Arizalar berish jarayoni barcha Ishtirokchilar uchun ochiq.

UzAssets jalb qilingan Maslahatchi bilan birgalikda Kompaniyani sotish jarayonini shaffof, professional va muvaffaqiyatli tashkil etish uchun barcha zarur choralarni ko'radi.

Kelib tushgan Arizalarni o'rganish natijalariga ko'ra, Sotuvchi, 2021-yil 12-avgustdan kechiktirmay, ikkinchi bosqichga – tijorat va moliyaviy takliflarni ko`rib chiqish bosqichiga o`tkazishga ruxsat berilgan ishtirokchilar ro'yxatini (Short-List) shakllantiradi va ular tanlov natijalari to'g'risida shaxsan xabardor qilinadi.

Ikkinchi bosqich ishtirokchilariga Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitimni (keyingi o'rinlarda - OEB) 2021-yil 16-avgustdan kechiktirmasdan imzolash taklif qilinadi. OEB imzolanganidan so`ng ikkinchi bosqich ishtirokchilari Sotuv jarayoni bilan bog'liq qo'shimcha tushuntirishlar va Kompaniyaning operatsion faoliyati tavsifini, shuningdek moliyaviy ma'lumotlar va Kompaniyaning moliyaviy ko`rsatkichlari prognozlarini o'z ichiga olgan axborot memorandumi shaklidagi Kompaniyaga oid axborot materiallarini olishadi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga Kompaniyani qo’shimcha o`rganish, shu jumladan Kompaniyaning batafsil moliyaviy, huquqiy, soliq va boshqa ma'lumotlarini, shuningdek, Maslahatchi tomonidan tayyorlangan sotishdan oldingi o`rganish natijalarini o'z ichiga olgan virtual ma'lumotlar xonasiga kirish imkoniyati beriladi. Shuningdek, ishtirokchilarga Kompaniyaga tashrif buyurish huquqi beriladi. Bundan tashqari, ikkinchi bosqich ishtirokchilariga Oldi-sotdi shartnomasi loyihasi (keyingi o'rinlarda – Shartnoma) unga tuzatishlar va izohlarni Majburiy takliflar bilan birgalikda taqdim etish uchun beriladi.

Kompaniya to'g'risidagi ma'lumotlarni o`rganib chiqqandan so'ng, ikkinchi bosqich ishtirokchilariga Bitimni amalga oshirish uchun Majburiy taklifni 2021-yil 9-sentyabrdan kechiktirmasdan taqdim etish so’raladi. Muzokaralar davomida narx taklifi va sotib olish-sotish shartnomasining kelishilgan shartlarini eng yaxshi kombinatsiyasini taklif qilgan ishtirokchi g'olib deb e'lon qilinadi. Sotuvchi g'olibni "Toshkent" Respublika fond birjasi qoidalariga va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan Bitim tuzishga taklif qiladi.

1-Ilova. Jarayon Ishtirokchilariga (yuridik va jismoniy shaxslarga) qo'yiladigan malaka talablari

Ushbu talablar (narx taklifi va boshqa tijorat shartlarini o'z ichiga olgan shartlar bilan bir qatorda) g'olibni aniqlash uchun mo'ljallangan.

  • Bitimni, shuningdek Kompaniyaning operatsion faoliyatini o'z va/yoki qarz mablag'lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyati mavjudligini tasdiqlash;
  • Xaridorning ta'sischilari, benefitsiarlari va mansabdor shaxslari:
  • ularga nisbatan jinoiy ishlar va tergovlarning mavjud emasligini tasdiqlashi;
  • soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro ro'yxatlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining shu kabi ro'yxatlariga kiritilmagan bo`lishi lozim.
  • “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining 660-II-sonli Qonuniga (2019 yil 15 yanvardagi tahririda) rioya qilish;
  • Kompaniya xodimlari oldidagi ijtimoiy shart-sharoitlarni amaldagi jamoaviy shartnomada ko'rsatilganidan kam bo`lmagan darajada bajarishga imkoniyati mavjudligi va tayyor bo’lishlik;
  • 12 oy davomida Kompaniya xodimlar sonini Bitim yopilgan kundagi Kompaniyaning xodimlari sonidan kam bo'lmagan darajada saqlab turishga imkoniyat mavjudligi va tayyor bo’lishlik;
  • “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining 370-sonli Qonunining (2014 yil 5 maydagi tahririda) qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymatida sotib borasidagi taklifini eʼlon qilish bo`yicha talabiga rioya qilish.

Qo'shimcha shartlar

UzAssets sotish jarayonining ketma-ketligini o'zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan UzAssets, Kompaniya va KPMGning Kompaniyani sotish bilan bo`g`liq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. UzAssets va KPMG o'z xohishiga ko'ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o'z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o'zgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki UzAssets, Kompaniya va KPMG tomonidan ko‘zda tutilgan reja jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi;

(v) Kompaniyaning minimal sotish narxini ma’lum qilish;

(vi) jarayon haqida qo‘shimcha maʼlumot yoki tushuntirishlar olish uchun a.mukhamatkulov@uz-assets.uz, dkalazhanov@kpmg.kz, SSandykbayeva@kpmg.kz va annakireeva@kpmg.ru elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkin.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech