Oʼzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-apreldagi “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi 684-son Qonunga muvofiq, “UzAssets investitsiya kompaniyasi” АJ 2020-yildan - 2023-yilgacha boʼlgan davrda Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotining auditini oʼtkazish va hisob-kitoblarini toʼgʼriligini tekshirish boʼyicha audit xizmatlarni xarid qilish “etender.uzex.uz” maxsus elektron platformasidan foydalangan holda eng yaxshi taklifni tanlash orqali amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, koʼrsatilishi lozim boʼlgan xizmatlarning tartib-taomillar bilan tanishish va ishtirok etish uchun ushbu etender.uzex.uz/lot/307060 havola orqali auditorlik tashkilotlardan oʼzlarining tijorat takliflarini taqdim etishlarini soʼraymiz.
Tijorat taklifni taqdim etishining oxirgi muddati 2023-yil 17-oktabr soat 16:00 ga qadar belgilangan.