O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PF–6167-son Farmoniga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJ (keyingi o`rinlarda – UzAssets yoki Sotuvchi) “Urganch sharob” AJ (keyingi o`rinlarda – Kompaniya yoki Urganch sharob) ustav kapitalidagi 53,94 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qiladi (keyingi o`rinlarda – Bitim yoki Sotuv).
Mazkur Bitim doirasida, xalqaro miqyosda tan olingan konsalting kompaniyalaridan kelib tushgan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali Urganch sharobni xususiylashtirish bo'yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi (keyingi o`rinlarda – Maslahatchi) tanlab olingan.
Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:
Bitimni amalga oshirish jarayoni:
Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o`rinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq bo'lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Jarayon manfaatdor talabgorlardan takliflarni qabul qilish va manfaatdor ishtirokchilarning bir yoki bir nechtasi bilan keyingi muzokaralardan iborat bo'ladi.
Ishtirokchilarga ingliz, rus yoki o‘zbek tillaridagi xat shaklida o’z qiziqishini bildirishi (arizachining ixtiyoriga ko‘ra, ammo rus yoki o‘zbek tillarida tayyorlangan xat ingliz tilidagi xat bilan yuborilishi lozim) va 2021-yil 6-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda yuborish so’raladi:
Bitimni, shuningdek operatsion faoliyatni o'z va/yoki qarz mablag'lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyati;
muassislar va benefitsiarlarga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilmaganligi va tergovlarning mavjud emasligi, Xaridorning mansabdor shaxslarining ismlari soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro ro'yxatlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining shu kabi ro'yxatlariga kiritilmagan bo`lishi;
“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining 660-II-sonli Qonuniga (2019-yil 15-yanvardagi tahririda) rioya qilinishi.
Arizalar va sanab o'tilgan hujjatlarning taqdim etilishi Ishtirokchiga Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitimni (keyingi o'rinlarda - OEB)ni imzolaganidan so'ng, virtual ma'lumotlar xonasiga kirish hamda KPMG tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarni batafsil o'rganish imkoniyatini beradi. Bunda majburiy takliflarni topshirishning oxirgi muddati maslahatchi tomonidan keyingi bosqichga o'tgan jarayon ishtirokchilariga yetkaziladi.
Arizalar va majburiy takliflar quyidagi elektron manzillarga yuborilishi kerak s.erkinov@uz-assets.uz, dkalazhanov@kpmg.kz, ssandykbayeva@kpmg.kz, annakireeva@kpmg.ru.
Arizalar berish jarayoni barcha Ishtirokchilar uchun ochiq.
UzAssets jalb qilingan Maslahatchi bilan birgalikda Kompaniyani sotish jarayonini shaffof, professional va muvaffaqiyatli tashkil etish uchun barcha zarur choralarni ko'radi.
Qabul qilingan takliflar asosida UzAssets ikki hafta ichida muzokaralarga qabul qilingan investorlar ro'yxatini aniqlaydi, ular tanlov natijalari to'g'risida shaxsan xabardor qilinadi.
Ushbu bosqichda Ishtirokchilarga oldi-sotdi shartnomasi loyihasi (Shartnoma) taqdim etiladi va Bitimni amalga oshirish shartlari muhokama qilinadi.
Muzokaralar davomida narx taklifi va Shartnoma bandlari bo’yicha kelishilgan shartlarining eng yaxshi kombinatsiyasini taklif qilgan ishtirokchi g'olib deb e'lon qilinadi.
Sotuvchi g'olibni Qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Bitimni tuzishga taklif qiladi.
Qo'shimcha shartlar
UzAssets sotish jarayonining ketma-ketligini o'zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan UzAssets, Kompaniya va KPMGning Kompaniyani sotish bilan bo`g`liq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. UzAssets va KPMG o'z xohishiga ko'ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o'z zimmalariga olmasdan:
(i) arizalar berish muddatiga o'zgartirish kiritish;
(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki UzAssets, Kompaniya va KPMG tomonidan ko‘zda tutilgan reja jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;
(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki
(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi;
(v) Kompaniyaning minimal sotish narxini ma’lum qilish;
(vi) jarayon haqida qo‘shimcha maʼlumot yoki tushuntirishlar olish uchun s.erkinov@uz-assets.uz, a.mullajonov@uz-assets.uz, dkalazhanov@kpmg.kz, ssandykbayeva@kpmg.kz, annakireeva@kpmg.ru elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkin.