2023-yil 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida “UzAssets investitsiya kompaniyasi” hamda xalqaro konsalting kompaniyalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda davlat ishtirokidagi korxonalarda transformatsiya o'tkazish va strategik yondashuvlari hamda usullarini yo‘lga qo‘yish masallalari muhokama qilindi. Tadbirda McKinsey, PricewaterhouseCoopers, Alvarez & Marsal, Boston Consulting Group, Korn Ferry, Ernst & Young, KPMG va Deloitte kabi dunyoning yetakchi konsalting kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari B.B. Xodjaev rahbarligida yirik davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish va ushbu sohadagi joriy yutuqlar haqida munozaralar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek ushbu yo’nalish bo'yicha tajribadan olingan saboqlar to'g'risida ham muhokama qilindi. Shuningdek yig‘ilishda transformatsiyaning yangi bosqichlarini amalga oshirish bo'yicha rejalar e’lon qilindi. Dunyoning turli mamlakatlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan ilg‘or xalqaro tajriba va usullarini korxonalarda tadbiq qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Davra suhbatining muhim natijalari qatorida O‘zbekiston davlat korxonalari va xorijiy maslahatchilar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ushbu tashabbuslar ilg‘or boshqaruv standartlarini integratsiyalashuviga ko‘maklashish va mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.
Mazkur tadbir O‘zbekistonning chuqur iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga qat’iy qarorini tasdiqlaydi va xalqaro hamkorlikka ochiqligini namoyish etadi. O’tkazilgan davra suhbati natijasi bo'yicha va ko‘tarilgan tashabbuslar davlat korxonalarini isloh qilish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi, ularning samaradorligi va jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.