24 Noyabr 2020 1597

UzAssets kompaniyasi «Uzbekistan Investor Day» xalqaro anjumanida ishtirok etdi.

24-noyabr kuni Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan Wood&Co xalqaro investisiya banki bilan hamkorlikda «Uzbekistan Investor Day» xalqaro onlayn investisiya anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Markaziy va Sharqiy Yevropa, shuningdek AQShning portfel investorlari, investisiya va menejment kompaniyalari bilan birgalikda global rivojlanayotgan bozorlarning xalqaro fondlari vakillari ishtirok etishdi. Onlayn anjumanda bir guruh xorijiy investorlar bilan 5ta parallel sessiyalar o‘tkazildi, tadbir davomida "UzAssets"AJ investitsiya kompaniyasi rahbariyati tomonidan tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

Xususan, kompaniya vakillari 6 ta davlat aktivlarining yaqin va o‘rta muddatli istiqbol uchun vazifalar va rejalar to‘g‘risida ma'lumot berishdi.

Shuningdek, 5 ta sessiya davomida "UzAssets" kompaniyasi tomonidan parallel ravishda potensial investorlar uchun "Qizilqumsement" AJ tarixi va hozirgi holati, investisiya, moliyaviy, iqtisodiy va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, aksiyalar narxlari dinamikasi va rentabellik ko‘rsatkichlari, mamlakatimiz va Markaziy Osiyo mintaqasidagi sement bozori, shuningdek, kompaniyani yanada rivojlantirish rejalari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech