11 Oktyabr 2023 513

Xodimlarni izlash, tanlash va moslashtirish boʼyicha ixtisoslashgan professional tashkilotlar diqqatiga

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-son qarorida berilgan vazifalarni belgilangan muddatda va sifatli bajarilishini taʼminlash maqsadida “UzAssets investitsiya kompaniyasi” АJning mavjud boʼsh ish oʼrinlariga malakali va yetuk kadrlarni jalb etish uchun, xodimlarni izlash, tanlash va moslashtirish boʼyicha ixtisoslashgan professional tashkilotlarni jalb qilish boʼyicha, Oʼzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, elektron shaklda (“https://etender.uzex.uz” maxsus internet portalida) eng yaxshi takliflarni tanlash boʼyicha 2023-yil 6-oktabrda tanlov eʼlon qilindi.

  Tanlovda qatnashish shartlari bilan ushbu https://etender.uzex.uz/lot/307051 havola orqali tanishishingiz va ishtirok etishingiz mumkin.

  Tanlovning tugash muddati 2023-yil 20-oktabr soat 16:30.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech