“OLMAZOR KICHIK SANOAT ZONASI” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-maydagi “Toshkent shahrida kichik sanoat zonalarini tashkil etish to’g’risida” gi PQ-2973-sonli Qarori asosida tashkil etilgan bo’lib, asosiy faoliyati jamiyat hududida joylashgan ijarachi korxonalarga ishlab chiqarishni rivojlantirishga qulay sharoit yaratib uzoq muddatga ijaraga berishga asoslangan.
Umumiy maydoni 14,1 gektar bo’lib, bino, inshoatlar maydoni esa 82 ming kv. metrni tashkil etadi. Jamiyat o’z hududida 52 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari (to’qimachilik va kimyo sanoati, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati mahsulotlari, mebel, zamonaviy qurilish materiallari va boshqa turdagi ichki bozorga va tashqi bozorga tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar) ga 48,2 ming kv metrni ishlab chiqarish maydonlarini kuzatuv kengashi orqali imtiyozli ravishda ijaraga bergan.
“OLMAZOR KICHIK SANOAT ZONASI” aksiyadorlik jamiyati qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ―4 550 so’mni va umumiy soni ― 1 353 452 tani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati bo’lib, uning “OLMAZOR KICHIK SANOAT ZONASI” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 86,6% tashkil etadi. Jamiyat tomonidan berilgan imkoniyatlar natijasida sanoat zonasidagi tashkilot va korxonalar 2020-yil 9 oylik sarhisobi bo’yicha 98 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarishga va shu jumladan 813 ming AQSH dollarlik mahsulotni eksport qilishga erishishdi. Hozirda 820 dan ortiq ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lib, ular sanoat zonasida o’z faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda.
Jamiyat hududidagi ishlab chiqarish maydonlari, binolar va yer uchastkalari tadbirkorlarga uzoq muddatga 10 yilga ijaraga berilgan. Shuningdek, tadbirkorlar o’z zimmasiga olgan investitsiyaviy va boshqa ko’rinishdagi majburiyatlarni o’z vaqtida to’laligicha bajarsa egallab turgan maydonlarini yana uzoq muddatga 10 yilga ijaraga olishga yoki xususiylashtirishga haqlari bor.
Jamiyat hududida 30 dan ortiq ishlab chiqarish bino va inshoatlari, shuningdek, muhandislik-texnik infratuzilmalar mavjud. KSZ rahbariyati kichik biznes, tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishini yanada yuqori texnologiyalar, fan texnika yangiliklarini tatbiq etib rivojlantirish va Vazirlar Mahkamasining kichik sanoat sanoat zonalaridagi ishlab chiqaruvchilarga qulay shart-sharoit yaratish vazifasini bajarish maqsadida faoliyat yuritadi.
“OLMAZOR KICHIK SANOAT ZONASI” aksiyadorlik jamiyati bir qator afzalliklarga ega:
-Hududda rasmiylashtirilgan firma va kompaniyalarning haq-huquqlari qonunchilik bilan (keskin o’zgarishlardan) himoyalangan;
-KSZ hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish tadbirlari Davlat budjeti mablag'laridan va budjet ssudalaridan moliyalashtiriladi.
-KSZ hududidagi korxonalar ayrim soliqlardan, ozod etilgan va o’z majburiyatini bajargan korxonalarga boshqa imtiyozlar ham berilgan bu imtiyozlar boshqa korxonalarga nisbatan 10-15 foiz moliyaviy ustunlik beradi.
2020 yil 13 yanvar kuni “OLMAZOR KICHIK SANOAT ZONASI” aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlar umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha Qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, 2020-yil 13- yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalarda “Korporativ boshqaruv tizimi” ni qo’llash jamiyat faoliyatiga joriy etildi.
2021-2022-yillarda kompaniya moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan (BHMS) xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o'tkazishni rejalashtirmoqda.