“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati 1933 yilda tashkil etilib, neftgaz yo‘nalishidagi tashkilotlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mulk Qo‘mitasining 08.09.1997 yildagi 2594/031 - 2 - sonli buyrug‘iga asosan. “Qo‘qon mexanika zavodi” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga qayta nomlangan. 2014 yil oktyabr oyidan “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyonerlik jamiyatiga qayta nomlangan. Zavod asosan neft va gaz soxasi ishlab-chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatadi.
“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatiningning umumiy maydoni 13,6 gektarga teng bo‘lib, korxona qimmatli qog‘ozlarining nominal bahosi ― 900 so‘mni va umumiy soni 22 364 520 tani tashkil etadi. Zavodning eng yirik aksiyadori “UzAssets” AJ bo‘lib, uning “Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 64.08 % tashkil etadi.
“Qo‘qon mexanika zavodi”AJ zavodi texnik imkoniyatlatri og‘irligi 50 tonnagacha, umumiy o‘lchamlari 3200 mm gacha va uzunligi 20 000 mm gacha bo‘lgan asbob-uskunalar va alohida birliklarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Og‘irligi 30 tonnagacha, balanligi 2000mm va tashqi diametri 4000 mm gacha bo‘lgan qismlarga mexanik ishlov berish imkoniyati mavjud.
“Qo‘qon mexanika zavodi”AJ zavodida ustachilik sexi, quyuv sexi, qozon va payvandlash sexi, mexanik yigʻish sexi, asbob-uskunalar sexi, mexanik taʼmirlash ustaxonasi, tayyorlov sexi, tajriba sexlari mavjud bo‘lib ularning har biri maxsulot ishlab chiqarishga kerakli bo‘lgan zarur vazifalarni bajaradi. Zavodning umumiy ishchilar soni 290 tani tashkil qiladi.
Zavodda gaz kompressorlari va quduq nasoslari uchun 50 dan ortiq turdagi butlovchi qismlar ishlab chiqariladi, shuningdek, bevosita burg’ulash dastgohlari va ularning asoslari ishlab chiqariladi. Har xil hajmdagi V-10m3÷30m3 va 25 atm gacha bosimda ishlaydigan sisternalar ishlab chiqariladi.
Shuningdek, zavod sexlari zamonaviy yuqori aniqlikdagi CNC (Computer numerical control) dastgohlari bilan jihozlangan. Bularga misol qilib Aylanmasiga shlifovkalash dastgohi, Giliotin qaychi dastgohi, Metalni bosib ishlov beruvchi tokarlik dastgohi, Metalni bosib ishlov beruvchi tokarlik dastgohi, Tokarlik ishlov beruvchi markazlashgan dastgoh, Plazma orqali kesuvchi raqamli dasturlash dastgohi, 4 valikli gidravlik raqamli dasturlovchi dastgoh, Gidravlik profil bukuvchi dastgohlarini keltirishimiz mumkin.
“Qo‘qon mexanika zavodi”AJ sexlarida 49 turdagi doimiy hamda, 12 turdagi maxsulotlar alohida buyrutma asosida ishlab chiqariladi. Bosim ostida ishlaydigan nostandart, neft maxsulotlari uchun rezervuar va har xil turdagi metallakonstruksiyalar, gaz balon qurilmalari, burg‘ulash va neft sohasida ishlatiladigan qurilmalar uchun ehtiyot qismlarini zavodda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga misol qilib keltirishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda zavodda yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo’yilgan bo‘lib bular sirasiga ikki xonali yechinish shkafi, xo‘jalik isitish qozoni, suv isitish qozoni, sadok, qishloq xo‘jaligida zararli xasharotlarni yuq qilish uchun purkovchi moslama, qishloq xo'jaligi uchun yer tuproqlarini yumshatish uchun qurilmalari kiradi.
“Qo‘qon mexanika zavodi”AJ 2021 yilda yangi hamkorlar bilan ishlashni boshladi. “ O’zagromashservis” AJ korxonasi bilan yirik bitim tuzilib, qishloq xo‘jaligi texnikalariga, xususan CASE-1200, CLASS, KUYH “Planter-4” kombaynlariga import o‘rnini bosuvchi ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida paxta chigiti bilan birgalikda soya donini ekish uskunasi ixtiro qilindi. O‘z navbatida pishib yetilgan soya donini hosilini yig‘ib olish uchun moslama yaratildi
“Qo‘qon mexanika zavodi”AJ asosiy mijozlariga “Uzbekneftegaz” AJ, “Uztransgaz” AJ, “Uzkimyosanoat” AJ, “Uzpaxtasanoat” AJ, “Uzdonmaxsulot” AJ, “Uzspirtsanoat” AJ, GАK “Uzbekiston oziq-ovqat sanoati” uyushmasi kabi yirik aktsiyadorlik jamiyatlari va uyushmalari kiradi.
Zavod 2018 yilda Slovekiyaning “ASTRAIA Certification” xalqaro miqyosdagi faol sertifikatlash organi tomonidan sifat menejmenti tizimi, ichki jarayonlar shaffofligini va tashkilot mijozlar talablariga javob bera olishini anglatuvchi ISO 9001 sertifikati taqdim etilgan. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi tomonidan berilgan “Muvofiqlik sertifikati”ga ega.