Kafolat sug'urta kompaniyasi

“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati 1997-yil 14-martda tashkil etilgan, hamda o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 10-oktabrdagi PQ-3317-sonli

"Kafolat sug'urta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida "gi Qarori asosida amalga oshiradi.

“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ―1 so’mni va umumiy soni ― 35 299 535 950 tani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik

aksiyadori “UzAssets” AJ bo’lib, uning “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 41.5% tashkil etadi. 

Kompaniyaning yirik aksiyadorlariga quyidagilar kiradi: “UzAssets Investitsiya Kompaniyasi” AJ, “Genesis Innovation” AJ, “TIF Milliy banki” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

“Olmaliq kon-metallurgiya” AJ, “Aloqabank” ATB, “Asaka” DATB.

Kompaniya o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq amalga oshiradi hamda ushbu litsenziya orqali umumiy sug’urta sohasida majburiy

va ixtiyoriy shakllarda sug’urtalashning 120 dan ortiq turlarini birlashtiruvchi barcha 17 ta klasslar bo’yicha sug’urta xizmatlarini taqdim etadi.

Kompaniyaning sug'urta portfelining ishonchli himoyasini ta'minlash maqsadida, yetakchi mahalliy va xorijiy qayta sug'urtalash kompaniyalariga risklarni taqsimlash orqali, Kompaniya risklarni

qayta sug'urtalash va diversifikatsiya qilish ustida ish olib bormoqda.

Hozirgi kunda kompaniya Abu Dhabi National Insurance Company, Oman Insurance Company, Insurance House, Polish REDirect Insurance, London Market Plc, САО ВСК (Россия), АО

"Нефтяная страховая компания" (Казахстан), Barents Reinsurance SA, Ace Insurance Pvt. Ltd kabi mahalliy va xorijiy qayta sug’urtalash kompaniyalar bilan qayta sug’urtalash hamkorlik

shartnomalari mavjud.

“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Mahalliy reyting agentligi “SAIPRO” tomonidan “UZ A++” moliyaviy barqaror hamda xalqaro “Fitch ratings” agentligi tomonidan

moliyaviy holati "В+" bahodan “BB-” bahogacha  barqaror deb e’tirof etilgan. 

2021 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra kompaniya 15 ta filiallar, 60 ta bo’limlar va 156 ta sug’urta markazlarini o’z ichiga oladi. Kompaniyada 600 ga yaqin doimiy ishchi-xodimlar va

3400 dan ortiq sug’urta agentlari o’z faoliyatini Respublikaning barcha mintaqalarida amalga oshirib kelmoqda.

“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ o’z ichiga “Kafolat Hayot” MCHJ SK va “My assist” MCHJ sho’ba kompaniyalarini oladi. Kompaniya nomi O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib

borayotgan sug’urta kompaniyalari brend nomiga nisbatan keng tarqalgan bo’lib, uning brendi mashhur.

Kompaniya “International Underwriting Association of London” assotsiyatsiyasi a’zosi hisoblanadi. ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo’yicha sifat menejmenti tizimi joriy etilgan bo’lib,

“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ muntazam har yili MHXS bo’yicha audit ishlarini olib boradi.

Kelgusi 5 yil ichida sug'urta mukofotlari daromadlarini yillik o'sish kamida 35 foizga oshirish bilan ta'minlash rejalashtirilgan.

Korxona tarmoqdagi flagmanlardan biri hisoblanib, bir qator yuqori afzalliklarga ega:

   -Respublika bo’yicha faoliyat yuritayotgan sug’urta filiallari va bo’limlari soni ko’pligi bo’yicha yetakchilik qiladi;

   -Brend nomining sug’urta bozorida keng tanilgan ekanligi va sug’urta bozorida katta tajribaga (24 yil) ega ekanligi;

   -Kompaniyaning aktivlari qiymati yuqoriligi;

   -Sho’ba korxonalarinin mavjudligi: “Kafolat Hayot” MCHJ SK va “My assist” MCHJ;

   -Korporativ boshqaruv standartlari bo’yich yuqori darajadagi faoliyat yo’lga qo’yilganligi;

Korxona moliyaviy hisob-kitob ishlari MHXS bo'yicha olib boriladi. Har yili xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirib boriladi.

Ko'rsatkichlar (ming so'm) O'tgan yilga nisbatan o'zgarish 2020 2019 (MHXS) 2018 (MHXS) 2017 (MHXS)
Sug'urta mukofoti 40%   125017092 89081358 61111134
Qayta sug'urtalashdan mukofot -56%   9093634 20442419 11620995
Qayta sug'urtalashdan tashqari sug'urta mukofoti 69%   115923458 68638939 49490139
Foydalanilmagan sug'urta mukofotlari zaxirasining o'zgarishi, qayta sug'urtalovchining ulushini ayirilgan holda 547%   22823012 3526364 4352200
To'langan mukofotlar 29%   93100446 72165303 45137939
To'langan zararlar, jami -10%   11450063 12776926 9259280
Qayta sug'urtalashga o'tkazilgan xatarlar bo'yicha talablar -25%   5042183 6741091 8440908
Sug'urta da'volari zaxirasining o'zgarishi, qayta sug'urta o'tkazmalarini ayirilgan holatda 98%   6131657 3100250 6102166
Olingan sof zararlar 37%   12539537 9136085 6920538
Komission daromadlar 104%   37814475 18577186 22556514
Sotib olish xarajatlari 44%   46686763 32391962 12566962
Sug'urta faoliyat natijalari 46%   71688621 49214442 48206953
Banklardagi omonat va depozitdan daromad 112%   3698494 1741731 1886440
Dividendlardan daromadlar -12%   13169788 14946505 3945285
Boshqa faoliyatdan zarar -71%   387155 1330120 152867
Investitsion faoliyat natijalari 7%   16481127 15358116 5678858
Chet valyutasi bilan operatsiyalardan daromadlar 2040%   2115081 98815 1999016
Ma'muriy va operatsion xarajatlar 36%   81517846 59828842 36880957
Boshqa daromadlar 54%   2922632 1897138 868557
Kutilayotgan kredit zaralari uchun zaxirani tiklashdan yo'qotishlar -57%   237096 548878 1076968
Boshqa faoliyatdan natijalar 31%   76717229 58381767 35090352
Foyda solig'i to'lagunga qadar foyda 85%   11452519 6190791 18795459
Foyda solig'i -2%   872317 885641 2078576
Sof foyda 99%   10 580 202 5 305 150 16 716 883

 

Yil  Hisoblangan dividendlar (mlrd.so'm) Sof foydada dividendning ulushi
(BHMS bo'yicha)
2020    
2019 5,8 84,97%
2018 1,34 33%
2017 1,97 56,01%

Kafolat sug'urta kompaniyasi

Aktivlar (mlrd.so'm)
Xususiy kapital/Majburiyatlar (mlrd.so'm)
Daromad/Sof foyda (mlrd.so'm)
ROA (%)
ROE (%)
Aksiyaning daromadliligi /Bir aksiya uchun dividend (So’m)
Kapital va qarz nisbati /O'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanganlik koeffitsiyenti (Koef.)
Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti/o'z va qisqa muddatli qarz majburiyatlarining nisbat koeffitsiyenti (Koef.)
Qoplash koeffitsiyent (Koef.)
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech