Kvarts

“KVARTS” aksiyadorlik jamiyati Markaziy Osiyodagi eng yirik shisha ishlab chiqaruvchi korxona bo’lib, avtomobilsozlik, qurilish va oziq-ovqat sanoati uchun silliqlangan oyna, shisha qismlar va idishlar, sayqallangan rangli shisha listlari (yashil, ko’k va bronza), yuqori haroratga o’ta chidamli shisha buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxona sanaladi. Korxona 1975 yili Farg’ona viloyatining Quvasoy shahrida tashkil etilgan.

Korxona umumiy maydoni 59,35 gektarga teng bo’lib, korxona qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ―1715 so’mni va umumiy soni ― 96 449 218 tani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” AJ bo’lib, uning “KVARTS” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 89,8 % tashkil etadi. 

Korxona hududida 5 ta asosiy va 9 ta yordamchi sexlar o’z faoliyatini amalga oshiradi.

“KVARTS” aksiyadorlik jamiyatining bozordagi ulushi: shisha banka bo‘yicha - 95%, qurilish oynasi bo‘yicha - 60%, shisha butilka bo‘yicha - 50% ni tashkil etadi. Korxona ishlab chiqargan mahsulotlarini katta hajmda bir qator xorijiy dalatlarga eksport qiladi: Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Gruziya, Ukraina va Afg’oniston. 

Shisha banklar ishlab chiqarish sexi quvvati yiliga 269 mln. donani tashkil etadi. Shisha butilka ishlab chiqarish sexi yiliga 110 mln. dona shisha butilka hamda 22 mln. m² silliqlangan oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxonada 2311 ta ishchi xodim o’z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

2017 yil fevralda Parijda sifat bo’yicha o’tkazilgan BID Xalqaro Konvensiya davomida “KVARTS” AJ ga yetakchilik, Sifat va Innovatsiya yo’nalishida xalqaro e’tirof mukofoti International Star for Leadership in Quilty (ISQL) “Oltin” toifasi topshirildi.

2016 yil sentabridan boshlab mahsulot tarkibidagi hom ashyo to’liq mahalliylashtirilib korxonada 2017 yildan yangi – badiiy bezak beradigan toblangan oyna mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, 2017 yilda korxonaning ishlab chiqarish sexlari modernizatsiya qilingan.

“KVARTS” AJ 2018 yil respublikadagi dastlabki birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) da qimmatli qog’ozlarning 5 % ni va 2019 yil ikkilamchi ommaviy joylashtirish (SPO) o’tkazib, mos ravishda qimmatli qog’ozlarning qo'shimcha 5 % ni aksionerlarga sotgan.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida “KVARTS” AJ yangi float oyna ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirish bo’yicha ishlarni amalga oshirmoqda. Umumiy qiymati 70,2 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur loyiha, yiliga 3 mln. AQSh dollarlik eksportbop mahsulot hamda yillik ishlab chiqarish quvvati 22,2 mln. m² ga teng bo’lgan oyna mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Loyiha 2021 yil aprel-may oylarida to'liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Korxona shisha mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoqdagi flagman hisoblanib, bir qator yuqori afzalliklarga ega:

-Qimmatli qog’ozlari O’zbekiston bozorida yuqori likvidlikka ega (blue chip);

-Yuqori darajadagi korporativ boshqaruv va shaffofliligining ta’minlanganligi;

-IPO va SPO o’tkazish bo’yicha tajribaga ega;

-Mamlakatda olib borilayotgan kompleks qurilish ishlari yuqori darajani tashkil etmoqda, hamda yaqin va o'rta muddatda yanada o'sishi kutilmoqda;

-Mamlakatning avtomobilsozlik, mebel ishlab chiqarish, oziq-ovqat, va qurilish sohalari rivojlanib kelayotganligini inobatga olgan holda, shisha oyna va shisha buyumlariga bo’lgan talabning oshishiga olib kelmoqda;

2021-2022-yillarda kompaniya moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan (BHMS) xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o'tkazishni rejalashtirmoqda.

 

Ko'rsatkichlar (ming so'm) O'tgan yilga nisbatan o'zgarish 2020 2019 (MHXS) 2018 (MHXS) 2017 (MHXS)
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum -18%   246 913 316 299 923 991 302 853 594
Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) tannarxi 4%   169 230 413 163 369 994 139 919 876
Yalpi foyda -43%   77 682 903 136 553 997 162 933 718
Sotish xarajatlari -1%   57 994 685 58 607 854 48 369 081
Ma'muriy xarajatlar  
Operatsion xarajatlar  
Boshqa operatsion daromadlar 145%   6 692 857 2 734 224 2 859 967
Operatsion foyda -67%   26 381 075 80 680 367 117 424 604
Moliyaviy faoliyatning daromadlari -17%   14 536 606 17 497 194 28 938 249
Valyuta kursi farqidan daromadlar -   - - -
Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar -13%   418 669 478 953 34 950 913
Foyda solig'i to'lagunga qadar foyda -59%   40 499 012 97 698 608 111 411 940
Foyda solig'i -49%   5 806 103 11 337 166 17 116 798
Sof foyda -60%   34 692 909 86 361 442 94 295 142

 

Yil Hisoblangan dividendlar (mlrd.so'm) Sof foydada dividendning ulushi
(BHMS bo'yicha)
2020 (biznes plan)
         (prognoz)
17,68 50%
2019 10,1 50%
2018 0 0%
2017 44,1 50%

Kvarts

O'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanganlik koeffitsiyenti /Kapital va qarz nisbati (Koef.)
Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti/o'z va qisqa muddatli qarz majburiyatlarining nisbat koeffitsiyenti (Koef.)
Qoplash koeffitsiyent (Koef.)
Aksiyaning daromadliligi /Bir aksiya uchun divident (So’m)
Xususiy kapital/Majburiyatlar (mlrd.so'm)
Aktivlar (mlrd.so'm)
Daromad/Sof foyda (mlrd.so'm)
ROA (%)
ROE (%)
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech