Urganch Sharob

“Urganch Sharob” aksiyadorlik jamiyati “O’zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi tizimidagi aroq va vino mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonalaridan biri bo’lib, 1936 yildan boshlab uzum mahsuloti qayta ishlanib, “O’ztayyorlov savdo” bazasi sifatida ish faoliyatini Urganch shahrida boshlagan, 1940 yilda baza tugatilib vinochilik punktiga, vino quyishga ixtisoslashtirilgan. 1997 yildan, aroq ishlab chiqarish sexi rekonstruksiya qilinib, kengaytirildi hamda  aroq tayyorlash, ya’ni kupaj sexi va quyish sexi yangidan qurilib ishga tushurildi.

Korxona qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ― 600 so’mni va umumiy soni ― 4 960 504 tani tashkil etadi.

Korxonaning umumiy yer maydoni – jami 6,58 gektar bo’lib, shundan asosiy korxona hududi 3,13 gektarni shuningdek, “Parkent” vinpunkti 1 gektarni va “Chalish” 2,45 gektar maydonni tashkil etadi. Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati bo’lib, uning “Urganch Sharob” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 53,9 % tashkil etadi.

Korxona yillik aroq ishlab chiqarish quvvati 580 ming dekalitrni tashkil etib, shuningdek, vino ishlab chiqarish quvvati yillik 180 ming dekalitrni, uzumni qabul qilish va qayta ishlash yillik quvvati 4,5 ming tonnani tashkil etadi.

Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yuqori sifatda ishlab chiarilayotganligi uchun, respublikada o’tkaziladigan ko’rgazmalarda hamda MDH ga a’zo mamlakatlarda bo’ladigan bir qator xalqaro ko’rgazmalarda qatnashib, namunali o’rinlarga ega bo’lgan.

Yarim desert vino “Qora-Ko’z” mahsuloti uchun 2018 yili Toshkent shahrida o’tkazilgan Xalqaro ko’rik tanlov “Vino san’ati 2018” da va “Korona” konyagi uchun 2019 yili Moskva shahrida o’tkazilgan Xalqaro ko’rik tanlov “Eng yaxshi mahsulot 2019” da “oltin” medaliga sazovor bo’lgan.

Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan barcha mahsulotlar Davlat standart va texnik shart me’yorlariga to’liq javob bergan holda, hozirgi kunda jamiyat tomonidan polietelen plyonka va qog'oz qutilarda qadoqlanayotgan oddiy va suvenir ko’rinishdagi aroq va vino mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Hozirgi vaqtda jamiyat tomonidan 52 turdagi tayyor aroq, 14 turdagi tayyor vino va ikki turdagi konyak mahsulotlari ishlab chiqarilib, aholiga yetkazib berilmoqda.

Korxona moddiy resurs bazasi zarur asbob uskuna va texnikalar bilan to’liq ta’minlangan. Xususan, sifatli vinomateriallar tayyorlash uchun jamiyatning 150 gektar yer maydonlarida sanoatbop tokzorlar mavjud bo’lib, uzumni birlamchi qayta ishlash uchun Italiyaning Della Toffola kompaniyasidan zamonaviy qayta ishlash uskunalari keltirilgan.

2021-2022-yillarda kompaniya moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan (BHMS) xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o'tkazishni rejalashtirmoqda.

 

 22 603 846

Ko'rsatkichlar (ming so'm) O'tgan yilga nisbatan o'zgarish 2020 2019 (MHXS) 2018 (MHXS) 2017 (MHXS)
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum -38%  22 603 846 36 226 318 44 971 584 25 439 325
Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) tannarxi -38%  (20 163 893) 32 251 550 38 174 412 21 044 959
Yalpi foyda -39%  2 439 953 3 974 768 6 797 172 4 394 366
Sotish xarajatlari -39%   (1 997 721)  3 281 539 6 160 297 3 079 858
Ma'muriy xarajatlar
Operatsion xarajatlar
Boshqa operatsion daromadlar -47%   135 641 259 185 259 395 558 675
Operatsion foyda -39%  577 873  952 414 896 270 1 873 183
Moliyaviy faoliyatning daromadlari -91%   8 314 99 401 8 946 10 284
Valyuta kursi farqidan daromadlar -  - - - -
Moliyaviy faoliyat bo'yicha xarajatlar 102%  (1 909 986) 945 791 639 810 375 692
Foyda solig'i to'lagunga qadar foyda -1348%  (1 323 799) 106 024 265 406 1 507 775
Foyda solig'i -  - 69 705 113 443 281 477
Sof foyda -3745%  (1 323 799) 36 319 151 963 1 226 298

 

Yil Hisoblangan dividendlar (mlrd.so'm) Sof foydada dividendning ulushi
(BHMS bo'yicha)
2020  0 0%
2019 0,026 70%
2018 0,078 52%
2017 0,5 25%

  

Urganch Sharob

Aktivlar (mlrd.so'm)
Xususiy kapital/Majburiyatlar (mlrd.so'm)
Daromad/Sof foyda (mlrd.so'm)
ROA (%)
ROE (%)
Aksiyaning daromadliligi /Bir aksiya uchun divident (So’m)
Kapital va qarz nisbati / O'z aylanma mablag'lari bilan ta'minlanganlik koeffitsiyenti (Koef.)
Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti/o'z va qisqa muddatli qarz majburiyatlarining nisbat koeffitsiyenti (Koef.)
Qoplash koeffitsiyent (Koef.)
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech