2025-yil 22-oktabr kuni “UzAssets” AJda Markaziy va Sharqiy Yevropaning yetakchi investitsiya-bank kompaniyalaridan biri hisoblangan, kapital bozorlarida va xususiylashtirish jarayonlarida ixtisoslashgan WOOD & Co delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“UzAssets” AJ rahbariyati davlat korxonalarining joriy holati va salohiyati, shuningdek, ularni transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha rejalar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Jumladan, WOOD & Co kompaniyasining xususiylashtirish va davlat korxonalarini listing qilish dasturlariga investorlarni jalb etishdagi ko‘magi, xususiy va institutsional investorlar, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya fondlari bilan hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar investitsiyalarni jalb etish, xususiylashtirish va IPO loyihalarini tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston davlat kompaniyalarining xalqaro kapital bozorlaridagi ishtirokini kengaytirish yo‘nalishida hamkorlikni davom ettirishga kelishdilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling