Synergy Consulting bilan uchrashuv

2025-yil 22-avgust kuni UzAssetsda xalqaro konsalting kompaniyasi Synergy Consulting vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekistonda xususiylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash doirasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.

Ma’lumot uchun: Synergy — energetika, infratuzilma va davlat-xususiy sheriklik (DXSh) sohalarida moliyaviy va strategik konsaltingga ixtisoslashgan xalqaro konsalting kompaniyasidir. Kompaniya 115 dan ortiq mamlakatda loyihalarni amalga oshirgan va $100 milliarddan ortiq investitsiyalarni jalb etgan.

Uchrashuv davomida tomonlar davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish strategiyasini amalga oshirish doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari va ehtimoliy qo‘shma loyihalarni muhokama qildilar.

Synergy Consulting vakillari energetika, infratuzilma va yirik aktivlarni xususiylashtirish sohalarida, xususan, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlarida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli tajribalarini taqdim qildilar.

Uchrashuv davomida bitimlarni tuzish (strukturalashtirish), strategik va institutsional investorlarni jalb etish, shuningdek, xususiylashtirish jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini ta’minlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

UzAssets rahbariyati islohotlarni samarali amalga oshirish, jarayonlarning ochiqligini ta’minlash va investorlar ishonchini oshirishda xalqaro ekspertlarning ishtirokini muhim deb hisoblashini ta’kidladi. Shu munosabat bilan tomonlar kelgusidagi hamkorlikka qiziqish bildirdilar.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content