«UzAssets» AJ, Franklin Templeton kompaniyasi, «Hududgazta’minot» AJ hamda Yevrosiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirokida uchrashuv

2026 yil 3 mart kuni «UzAssets» AJ, Franklin Templeton kompaniyasi, «Hududgazta’minot» AJ hamda Yevrosiyo taraqqiyot banki vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi «Hududgazta’minot» AJning gaz taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilish va kapital ta’mirlash dasturini moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi. Dastur hududlarda gaz ta’minoti ishonchliligi, energiya samaradorligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar loyiha parametrlari, ko‘lami, infratuzilmani yangilashning ustuvor yo‘nalishlari hamda kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar yuzasidan dolzarb ma’lumotlarni taqdim etdilar.

Shuningdek, operatsion samaradorlikni oshirish, texnologik yo‘qotishlarni kamaytirish va aktivlarni boshqarishning zamonaviy standartlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yevrosiyo taraqqiyot banki vakillari loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirdilar hamda uni amalga oshirish bo‘yicha keyingi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar zarur loyiha hujjatlarini tayyorlash va modernizatsiya dasturini amalga oshirish doirasida keyingi qadamlarni kelishish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content