“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida yirik davlat ishtirokidagi kompaniyalarda ekologik, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda ESG reytinglarini olish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda davlat ishtirokidagi korxonalarda shaffoflikni oshirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Mazkur vazifalarni tizimli va barqaror amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik kengaytirilmokda. Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida AO «UzAssets» qo‘shida «ESG Center of Excellence» tashkil etildi. Markaz yirik davlat ishtirokidagi kompaniyalarda ESG sohalari bo‘yicha ichki ekspertizani shakllantirish, shuningdek, milliy kadrlar tayyorlash bo‘yicha barqaror va tizimli o‘qitish modelini joriy etishga qaratilgan.
Markaz faoliyatini amaliy jihatdan boshlash maqsadida 2025 yil 19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida yirik davlat ishtirokidagi kompaniyalar xodimlari uchun ESG bo‘yicha birinchi kirish treningi tashkil etildi.
Treningning ochilish qismida AO «UzAssets» Boshqaruv raisi B.Abdinarazov hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining o‘rinbosari M.Adilov kirish so‘zlari bilan ishtirok etib, ESG tamoyillarini davlat ishtirokidagi kompaniyalar faoliyatiga joriy etishning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Trening doirasida ESG, inson resurslarini boshqarish, xaridlar, mehnat muhofazasi, ekologiya va korporativ boshqaruv yo‘nalishlarida mas’ul rahbar va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Davlat korxonalarida ekologik barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv sohalarida ichki salohiyatni oshirish hamda ESG bo‘yicha malakali milliy kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida AO «UzAssets» va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o‘rtasida Memorandum imzolandi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling