2025-yil 20-avgust kuni “UzAssets” AJda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati va uning amaliyotda qo‘llanilishiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda Jamiyatning barcha bo‘lim va bo‘linmalaridan xodimlar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni 2024-yil 5-iyunda O‘RQ-931-son bilan qabul qilinib, 2024-yil 6-dekabrdan kuchga kirdi. Mazkur Qonun manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga solishga qaratilgan.
Seminar doirasida xodimlarga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning normalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi, shuningdek, belgilangan talablarga rioya etish va ehtimoliy huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga ushbu sohadagi amaliy mexanizmlar va xodimlar zimmasidagi mas’uliyat yuzasidan qo‘shimcha tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling