«UzAssets» AJ vakillarining «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiuran» DK va «Navoiyazot» AJga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-59-son farmoyishiga muvofiq, strategik yirik korxonalarda “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimi va “Moliyaviy model” elektron dasturini joriy etish vazifalari belgilangan.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 11–13-fevral kunlari “UzAssets” AJ Boshqaruv raisi B. Abdinazarov boshchiligida kompaniya vakillari bilan birga «Navoiyazot» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ hamda “Navoiuran” DKlarga tashrif buyurishdi.

Tashriflar davomida farmoyish ijrosini samarali tashkil etish, moliyaviy boshqaruvni raqamlashtirish va xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, korxonalarda “Yagona g‘aznachilik” tizimi va “Moliyaviy model” dasturini joriy etish yuzasidan pilot loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

O‘rganish jarayonida mutaxassislar tomonidan mavjud biznes jarayonlari tahlil qilindi, amaldagi axborot tizimlari baholandi hamda ishlab chiqilayotgan platformalar bilan integratsiyaga tayyorgarlik darajasi aniqlandi.

Mazkur tashabbuslar yirik korxonalarda moliyaviy shaffoflikni oshirish, boshqaruv samaradorligini yanada kuchaytirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarida barqaror va izchil o‘sishni ta’minlashga qaratilgan.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content