Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv

2025 yil 15 sentabrda «UzAssets» AJda 11 sentabrdan 17 sentabrgacha O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Moliya boshqaruvi bo‘yicha maslahatlashuv missiyasi doirasida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning yirik davlat korxonalari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga alohida e'tibor qaratildi. Muzokaralar davomida moliyaviy va auditorlik hisobotlari, moliyaviy shartlarga rioya qilish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

«UzAssets» AJ tomonidan davlat korxonalarini transformatsiya qilish doirasidagi asosiy vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar taqdim etildi, ular shaffoflikni oshirish, boshqaruv samaradorligini kuchaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni ta'minlashga qaratilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar davlat korxonalarini transformatsiya qilish, loyihalarni amalga oshirish samaradorligini oshirish va shaffoflikni ta'minlash maqsadida OTB bilan konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content