«UzAssets» AJ tomonidan «ESG Strategy Review» tadbiri tashkil etildi

2025 yil 24 dekabr kuni «UzAssets» AJ tomonidan «ESG Strategy Review» tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbirning maqsadi davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda ESG yo‘nalishining 2025 yildagi faoliyatini baholash, 2026 yil uchun strategik ustuvorliklarni belgilash hamda davlat korxonalarining transformatsiya masalalarini muhokama qilishdan iborat edi.

Tadbirda ESG yo‘nalishi mutaxassislari, barqaror rivojlanish bo‘yicha ekspertlar hamda O‘zbekiston yirik davlat korxonalarining transformatsiya ofislari rahbarlari ishtirok etdilar. Shuningdek, «Uzbekneftegaz» va Navoiy kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari o‘z tajribalarini taqdim etdilar va ESG-loyihalarni amalga oshirishdagi ahamiyatni alohida ta’kidlashdi.

Uchrashuv davomida davlat korxonalarida ESG yo‘nalishining 2025 yildagi natijalari taqdim qilindi, erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi, IFRS SDS standartlari bo‘yicha yangi ESG hisobot standartlariga o‘tish hamda korxonalarning iqlim profilini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘tkazilayotgan chora-tadbirlar natijasida kompaniyalar ESG-reytinglarini yaxshilash imkoniga ega bo‘lib, bu potentsial investorlar va xalqaro kapital bozorlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi.

 

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content