Abu Dhabi Commercial Bank vakillari bilan uchrashuv

2026-yil 28-yanvar kuni “UzAssets” AJda Abu Dhabi Commercial Bank vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Abu Dhabi Commercial Bank (ADCB) — Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik banklaridan biri bo‘lib, korporativ, investitsion va turli yo‘nalishdagi bank xizmatlarini taqdim etadi. Bank xalqaro kapital bozorlaridagi bitimlarda, jumladan IPOlarni qo‘llab-quvvatlash va qarz instrumentlarini joylashtirishda faol ishtirok etadi hamda turli mintaqalarda suveren emitentlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega.

Uchrashuv davomida ADCB bilan bir qator loyihalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, strategik davlat korxonalarini transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan korporativ boshqaruvni takomillashtirish, MHXSga o‘tish, shuningdek kredit va ESG reytinglarini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda aksiyadorlik kapital bozori rivojlanish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi, jumladan davlat kompaniyalarining bo‘lajak IPOlarini tayyorlash masalalari, shuningdek Yaqin Sharq mamlakatlaridan institutsional investorlar tomonidan yuqori qiziqish bildirilayotgani muhokama qilindi.

Shuningdek, qarz kapitali bozorini rivojlantirish masalalari, jumladan, yevroobligatsiyalarning ehtimoliy emissiyalari muhokama qilindi hamda xalqaro moliyalashtirishni muvaffaqiyatli jalb etishning asosiy omillari sifatida tartibga solishdagi shaffoflik va oldindan bashorat qilinuvchanlikning muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar davlat korxonalarini transformatsiya qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning xalqaro moliya bozorlariga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan muloqot va hamkorlikni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content