"UzAssets" AJ vakillarining "Olmaliq KMK" AJ ga tashrifi

Joriy yilning fevral oyi “UzAssets” AJ vakillari Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-59-son farmoyishi hamda 2026-yil uchun aksiyador kutilmasiga muvofiq tasdiqlangan transformatsiya dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida korxonada amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va byudjetlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish dasturlari, moliyaviy boshqaruv tizimlari hamda mavjud axborot tizimlarini “Yagona transformatsiya platformasi” bilan integratsiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Transformatsiya dasturi doirasida korxonada “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimi hamda “Moliyaviy model” elektron dasturini joriy etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, “Qalmaqir” va “Yoshlik” konlarida olib borilayotgan ish jarayonlari hamda 3-MBFdagi yangi ishlab chiqarish quvvatlarining qurilish jarayonlari bilan tanishildi.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content