“O‘zbekiston davlat kompaniyalarida investitsiya loyihalarini boshqarishni zamonaviylashtirish” yuzasidan seminar tashkil etildi

2025-yil 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida “O‘zbekiston davlat kompaniyalarida investitsiya loyihalarini boshqarishni zamonaviylashtirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “UzAssets” AJ bilan hamkorlikda davlat kompaniyalarida investitsiya loyihalarini boshqarish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilish, shuningdek, xalqaro tajriba va amaliy tavsiyalar almashish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat kompaniyalari uchun investitsiya dasturlarini tadbiq etish samaradorligini oshirish va davlat kompaniyalarida zamonaviy boshqaruv standartlarini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shu bilan birga, “UzAssets” AJ rahbariyati 22 ta davlat kompaniyasi uchun investitsiya faoliyatini o‘zgartirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Jumladan, bular qatoriga loyihaviy yondashuvni joriy etish va jarayonlarni raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarni keltirish mumkin.

Shuningdek, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va xalqaro konsalting kompaniyalari vakillari davlat kompaniyalarida investitsiyalarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalari va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Xususan, seminar doirasida investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha xalqaro tajribalar namoyish etilib, KPMG kompaniyasi tomonidan xalqaro miqyosda investitsiya loyihalarini rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirishning asosiy yondashuvlari taqdim etildi. Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi O‘zbekistondagi davlat kompaniyalarining investitsiya loyihalarini boshqarish bo‘yicha joriy holatini tahlil qilish natijalarini taqdim etdi. Shuningdek, investitsiya jarayonining samaradorligi va barqarorligini oshirish yuzasidan aniq tavsiyalarni ham ilgari surdi.

Tadbir yakunida muhokama sessiyasi o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar fikr almashib, samaradorlik va barqaror rivojlanishga qaratilgan yangi boshqaruv yondashuvlarini joriy etish bo‘yicha kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content