“UzAssets” АJda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv tafsilotlari

Joriy yilning 26-mart kuni “UzAssets” АJ rahbariyati va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Oʼzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Аndi Аranitasi va departament boshligʼi Kristof Zenger ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuv davomida “UzAssets” АJ tomonidan davlat korxonalarida transformatsiya jarayonlari boʼyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib oʼtildi. Shuningdek, YTTB vakillari Oʼzbekistondagi faoliyatida davlat korxonalari va banklar bilan toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yashil rivojlanish, energetika va transport tizimini qoʼllab-quvvatlash kabi amalga oshirilgan loyihalari bilan tanishtirib oʼtdi.

Uchrashuv soʼnggida tomonlar kelgusida davlat korxonalari va tijorat banklari faoliyatini transformatsiya qilish boʼyicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishni va ushbu loyihalarni amalga oshirishda YTTB bilan hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

uz_UZUZ
Skip to content