2024-yil 2-oktabrda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ hamkorligida Davlat kompaniyalari kuzatuv kengashlarining mustaqil direktorlarining birinchi forumi tashkil etildi.
Tadbirda xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, OTB, YTTB, XMK va boshqalar), yirik davlat korxonalari kuzatuv kengashlari va boshqaruvlari raislari, shuningdek, soha vazirliklari va idoralari vakillari ishtirok etdilar.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston tarixida ilk bor Amerika Qoʻshma Shtatlari, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Germaniya, Hindiston, Polsha, Mavrikiy va boshqa mamlakatlardan yuqori malakali xalqaro mutaxassislar 22 ta davlat korxonalarida mustaqil aʼzolar sifatida ishlash uchun taklif etildi.
Ushbu munosabat bilan, Forum davlat korxonalarini boshqarishning yangi bosqichiga oʻtish uchun kompleks strategiyani belgilash boʻyicha global masalalarni muhokama qilish uchun yagona platforma yaratdi. Shuningdek, Forumda tayinlangan mustaqil direktorlar rasmiy ravishda taqdim etildi.
Tadbir davomida Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishtirokchilarga Yangi Oʻzbekistonning investitsiya siyosatidagi erishilgan natijalar va ustuvor yoʻnalishlar haqida maʼlumot berdi.
Forumda davlat korxonalarining keng koʻlamli transformatsiyasi, xalqaro standartlarni joriy etish va davlat kompaniyalarining yanada oʻsishi uchun zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini integratsiyalash orqali shart-sharoitlar yaratish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, mutaxassislar uchun sektoral yoʻnalishlar boʻyicha ish sessiyalari tashkil etilib, forum ishtirokchilari kelajakdagi vazifalar va davlat kompaniyalari bilan mustaqil aʼzolar oʻrtasidagi kelgusidagi hamkorlik bosqichlarini muhokama qildilar.
Forumning asosiy maqsadi tayinlangan mustaqil direktorlarni va davlat kompaniyalarini ularning samarali hissalarini davlat kompaniyalarini rivojlantirishga yoʻnaltirish, oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish va milliy hamda xalqaro ekspertlar oʻrtasida bilim almashishga yordam berishdir. Bu esa kelgusida davlat kompaniyalarining kollektiv organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mustaqil direktorlar hamda davlat korxonalari oʻrtasida oʻrnatilgan ochiq muloqot Oʻzbekistondagi yirik davlat kompaniyalarida dolzarb masalalarni hal etish, ilgʻor gʻoyalar ishlab chiqish va transformatsiyalarni amalga oshirishda yana bir amaliy qadam boʻladi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling