“UzAssets” AJda  Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

10-iyul kuni “UzAssets” AJ rahbariyati va Jahon banki vakillari Remi Pelon va Fransisko Igualada va Tog‘-kon sanoat geologiya vazirligi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida “UzAssets” AJ tomonidan davlat korxonalarida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari va belgilangan aniq strategik maqsadlar bo‘yicha muhokama qilindi. Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, zaxiralarni xalqaro standartlar (JORC code) acosida baxolash, va olingan xom ashyolardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha davlat korxonalari rejalari haqida maʼlumot berildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistondagi Jahon banki ko‘magida amalga oshiralayotgan tog‘-kon sanoatiga tegishli loyixalarga aloxida eʼtibor qaratildi. Shu bilan birga davlat korxonalarida ESG tizimini tadbiq qilish haqida o‘zaro fikr almashdilar.

Shu qatorda Jahon banki va davlat korxonalari bilan keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli bo‘lgan hamkorlik qilishga kelishib olishdi. 

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content