2025-yil 17-aprel kuni "UzAssets" AJda Curtis xalqaro yuridik kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Curtis — bu xalqaro bitimlar, energetika, korporativ huquq va loyihalarni moliyalashtirish sohasida yetakchi yuridik firmalardan biridir. Kompaniya investorlar, korporatsiyalar va davlat korxonalari manfaatlarini quyidagi yo‘nalishlarda himoya qiladi: qo‘shma korxonalar tuzish, qayta tashkil qilish, loyihalarni moliyalashtirish hamda infratuzilmaviy tashabbuslarni amalga oshirish.
Uchrashuvda Curtis kompaniyasining katta korporativ yuristi Mark Hammerson ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida "UzAssets" AJ vakillari davlat korxonalarini transformatsiya qilish, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va xalqaro konsultantlar hamda investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan tanishtirdilar.
Curtis vakili kompaniya faoliyati haqida so‘z yuritib, korporativ boshqaruv, xususiylashtirish va kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha davlatlar va davlat korxonalari bilan ishlashda orttirilgan tajribalari haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling