4-aprel kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “UzAssets” AJ raxbariyati davlat korxonalarida transformatsiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Shu bilan birga uchrashuv davomida IFC bilan strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini, qolaversa, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirish va chet el investitsiyalarini jalb etish jarayonlarida Xalqaro moliya korporatsiyasining ishtiroki muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar yangi istiqbolli loyihalarni “UzAssets” AJ va davlat korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqish, bunda, IFC ekspertlarini “UzAssets” AJ tomonidan amalga oshiriladigan transformatsiya dasturlariiga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlik ishlarini amalga oshirishga kelishib olindi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling