“Deloitte” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Kategoriya

Joriy yil 20-fevral kuni “UzAssets investisiya kompaniyasi”AJ rahbariyati (keyingi o‘rinlarda-“Uzassets” AJ deb yuritiladi) va “Deloitte” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi.

“UzAssets” AJ boshqaruvi raisi B.Abdinazarov yig‘ilish ishtirokchilarini Jamiyatning aniq strategik maqsadlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, “UzAssets” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Ilkevichyus strategik davlat korxonalarini transformatsiyasi bo‘yicha kutilayotgan loyihalar haqida hamda ularni amalga oshirish bo'yicha kutilyotgan muddatlar to‘g’risida ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuvda “Deloitte” xalqaro kompaniyasi hamkori (Buyuk Britaniya) E.Grimston yirik kompaniyalarni transformasiyasi bo‘yicha muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar yuzasidan taqdimot qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yirik korxonalarni transformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content