Joriy yil 3-may kuni “UzAssets”АJ Xalqaro valyuta jamgʼarmasi (XVJ) vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi. “UzAssets”АJ raxbariyati Xalqaro valyuta jamgʼarmasining delegatsiya vakillarini Jamiyat faoliyati bilan batafsil tanishtirdi. Uchrashuv davomida davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar, davlat korxonalaridagi korporativ boshqaruv tizimi, halqaro moliyaviy hisobotlarning korxonalarda yuritilishi toʼgʼrisida muhokama qilindi. Shu bilan birga, XVJ vakillariga davlat korxonlarda ilgʼor xorijiy tajribaga asosan qoʼllanilayotgan transformatsiya jarayoni haqida batafsil maʼlumot berib oʼtildi. Uchrashuv soʼngida tomonlar davlat korxonalarda transformatsiya jarayonlarida hamkorlik yoʼnalishlarini koʼrib chiqishga kelishib oldilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling