27-avgust kuni “UzAssets” AJda “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston kapital bozorining dolzarb masalalari va IPO jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv sifatining ahamiyati haqida fikr almashildi.
Shu bilan birga, davlat kompaniyalarini IPOga tayyorlash bilan bog‘liq bosqichlar va talablar muhokama qilindi. IPOni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun korporativ boshqaruvning yuqori standartlari va kompaniyaning shaffof tuzilmasini xalqaro investorlarga namoyish etish muhimligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar korxonalarda muvaffaqiyatli IPO o‘tkazishning strategik jihatlari va asosiy shartlarini ko‘rib chiqdilar.
Tomonlar ushbu masalalarga kompleks yondashuv zarurligini hisobga olgan holda, davlat kompaniyalarida IPO o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling