8 aprel kuni “UzAssets” AJ boshqaruv a'zolari va “UzGasTrade” AJ raxbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “UzGasTrade” AJda transformasiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, “UzAssets” AJ raxbariyati tomonidan Aksiyador kutilmalarini bajarishda xususan, korxona daromadlarini oshirishda hisob siyosati, boshqaruv hisobi hamda xatarlarni boshqarish tizimini tashkil qilishning muhim jihatlari tushuntirib berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘z oldilariga qo‘yilgan masalalarni hal etish hamda grafik asosida kelgusi uchrashuvlarda belgilangan rejalar natijasi bo‘yicha muhokama o‘tkazilishiga kelishib olishdi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling