Moliyaviy Sektorni Baholash Dasturi (FSAP) doirasida uchrashuv

2025-yil 28-fevral kuni Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan Moliyaviy Sektorni Baholash Dasturi (FSAP) doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida XVJ katta iqtisodchisi Etibar Jafarov O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Muhokama chog‘ida FSAP dasturi mamlakatning moliyaviy sektori barqarorligini har tomonlama va batafsil tahlil qilishga imkon berishi ta’kidlandi.

Shuningdek, “UzAssets” AJ rahbariyati 2024-yilda erishilgan asosiy yutuqlar va transformatsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishtirdi.

Muhokama jarayonida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish hamda davlat korxonalarining samaradorligini oshirish uchun Xalqaro Moliyaviy Hisobot Standartlari (IFRS) talablariga muvofiqlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“UzAssets” AJ vakillari kompaniya davlat korxonalarini transformatsiya qilish jarayonida faol ishtirok etayotganini, bu esa ularning daromadliligi va moliyaviy barqarorligini oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladilar.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content