2025-yil 26-mart kuni AO «UzAssets» boshqaruv raisi B. Abdinazarov O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi tomonidan London fond birjasida tashkil etilgan biznes uchrashuvida ishtirok etdi.
Biznes uchrashuvi doirasida o‘zbek delegatsiyasi Citibank, ICBC Standard, Standard Chartered Bank, JPMorgan va Deutsche Bank kabi yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar bilan uchrashdi. Uchrashuvlarning asosiy maqsadi xalqaro investitsiyalarni jalb qilish va strategik hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Moliyaviy tashkilotlar vakillari O‘zbekistonda davlat kompaniyalari va tijorat banklarini transformatsiya qilish doirasida kapital bozorini liberallashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga qiziqish bildirdilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling