“UzAssets” AJ 2025 yil 19–21 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Eco Expo Central Asia 2025” xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda huzuridagi tashkilotlar va hamkorlari bilan birgalikda stendda ishtirok etmoqda.
“UzAssets” AJ ishtirok doirasida davlat korxonalarini transformatsiya qilish, samaradorlikni oshirish, shuningdek ESG yo‘nalishida davlat korxonalarida shaffoflikni oshirish, barqaror boshqaruv tizimini shakllantirish va mazkur tamoyillarni xalqaro standartlar asosida joriy etish bo‘yicha amalga oshirayotgan tashabbus va loyihalarini taqdim etmoqda.
Maʼlumot uchun: “Eco Expo Central Asia 2025” — Markaziy Osiyoda ekologik texnologiyalar, “yashil” energiya, suvni tejash, ekoturizm va boshqa sohalardagi ilg‘or yechimlarni namoyish qilishga qaratilgan ilk ixtisoslashtirilgan platforma hisoblanadi. Ko‘rgazmada Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida “UzAssets” AJ vakillari tashrif buyuruvchilarga kompaniyaning faoliyati, amalga oshirilayotgan islohotlar va davlat korxonalarida ESG transformatsiya bo‘yicha ishlar haqida maʼlumot bermoqda.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling