“UzAssets” AJda  Jahon banki O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi

8-aprel kuni “UzAssets” AJ rahbariyati va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli va bankning boshqa yetakchi mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda bugungi kundagi belgilangan aniq strategik maqsadlar va davlat korxonalaridagi transformatsiya jarayonlari bo‘yicha "UzAssets" AJ tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

Muzokaralar davomida Jahon banki bilan hamkorlikda yirik davlat korxonalarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, erkin bozor va raqobatni qo‘llab-quvvatlash hamda davlat korxonalarida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlarini baholab borish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content