Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi

Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda sun’iy intellekt yechimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi
Yangiliklar 📅 30.09.2026

Joriy yilning 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ hamkorligida “Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda sun’iy intellekt asosidagi samarali yechimlarni joriy etish” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda yirik davlat korxonalarining raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlariga mas’ul mutaxassislari, shuningdek, mahalliy va xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning operatsion samaradorligini oshirish, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish hamda amaldagi boshqaruv modellarini takomillashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning amaliy yondashuvlari muhokama qilindi.
Shuningdek, yirik korxonalarning raqamli transformatsiyasiga yagona va tizimli yondashuvni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, ishtirokchilarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan Yagona transformatsiya platformasi taqdim etildi. Mazkur platforma raqamli tashabbuslarni tizimli ravishda amalga oshirish va zamonaviy texnologik yechimlarni korxonalar faoliyatiga joriy etishni nazarda tutadi.
Tadbir davomida “Navoiy KMK” AJ va “O‘zbektelekom” AK vakillari o‘z tashkilotlarida raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha shakllangan yondashuv va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shu bilan birga, “IFS” va “PromptLab” kompaniyalari vakillari biznes-jarayonlarni boshqarish va avtomatlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha zamonaviy yechimlarni taqdim etdi.
Konferensiya doirasida “SAP” kompaniyasi vakili tomonidan ham zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda ularni davlat ishtirokidagi yirik korxonalar faoliyatiga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Tadbir yakunida davlat ishtirokidagi korxonalar, davlat organlari va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, taqdim etilgan zamonaviy yechimlarni amaliyotga joriy qilish hamda ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top