"UzAssets Investitsiya Kompaniyasi" AJ
Strategik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, operatsion modelni qayta ko'rib chiqish va modernizatsiya qilish, davlat kafolatlari va majburiyatlaridan foydalanmasdan kapital bozori bilan o'zaro hamkorlik qilish
"UzAssets" AJning maqsadi davlat ishtirokidagi korxonalarning uzoq muddatli qiymatini va investitsiya jozibadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, ilg'or xalqaro tajribaga asoslangan zamonaviy biznes modeli va korporativ boshqaruvni joriy etish.
O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi doirasida UzAssetsning mamlakat o'sishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan 5 ta asosiy vazifasi mavjud.