31 Oktyabr 2021

“Suvmash” AJning 47,0% aksiya paketini sotib olish bo'yicha majburiy bo'lmagan takliflarni qabul qilish to'g'risida E'LON

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PF–6167-son Farmoniga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o`rinlarda – Agentlik yoki Sotuvchi) “Suvmash” AJ (keyingi o`rinlarda – Kompaniya yoki Suvmash) ustav kapitalidagi 47,0 foiz aksiyalar paketini muzokaralarga ommaviy taklif etish orqali sotish rejasini e’lon qiladi (keyingi o`rinlarda – Bitim yoki Sotuv).

Deloitte xalqaro kompaniyasi ushbu Bitim bo'yicha Agentlik maslahatchisi vazifasini bajaradi. Agentlik tomonidan berilgan vakolatga asosan “UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJ(keyingi o‘rinlarda – UzAssets) Sotuv jarayonlarini maslahatchi bilan birgalikda tashkil etadi.UzAssetsning xususiylashtirish faoliyatiga “Dentons” yuridik firmasi hamkorlik qiladi.

Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:

"Suvmash" AJ nasos agregatlari, tegishli uskunalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va ta'mirlashga ixtisoslashgan bo’lib, bozorda 1971 yildan beri o’z faoliyatni ko’rsatadi.

Kompaniya “Irgidromash”, “Tuyamo'yin” GESi, Toʻpalang suv ombori, Amu-Buxoro mashina kanali va boshqa yirik suv xoʻjaligi obʼyektlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatlar uchun mahsulot yetkazib beruvchi oʻz segmentida tan olingan yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning Toshkent shahri (X.Bayqaro ko‘chasi, 21)da umumiy maydoni 12,8 gektar bo‘lgan ishlab chiqarish majmuasi bo‘lib, ishchilar soni 257 kishini tashkil etadi.

2020-yil yakuni bo‘yicha kompaniyaning daromadi 45 milliard so‘mdan, sof foydasi esa 4,3 milliard so‘mdan oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan Gidroenergetikani rivojlantirish dasturi va Irrigatsiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda, yangi gidroelektr stansiyalar va nasos stansiyalarini qurish hamda mavjudlarini modernizatsiya qilishni nazarda tutgan holda kompaniyaning yanada rivojlanish istiqbollari mavjud. 

Bitimni amalga oshirish jarayoni

Sotuv jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o`rinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq bo'lgan muzokaralarga ommaviy taklif etishga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Jarayon manfaatdor xaridorlardan takliflarni qabul qilish va bir yoki bir nechta manfaatdor ishtirokchilar bilan keyingi muzokaralardan iborat bo'ladi.

Hozirda Ishtirokchilar quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ariza xatida (keyingi o'rinlarda "Majburiy bo'lmagan taklif" deb yuritiladi) o'z qiziqishlarini bildirishlari tavsiya etiladi:

  1. Davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi;
  2. Oxirgi 3 yil uchun audit qilingan konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot;
  3. Barcha aksiyadorlar (va ularning mulkiy manfaatlari) va yakuniy benefitsiarlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
  4. Taklif narxi va Bitim shartlari
  5. Bitimni, shuningdek Kompaniyaning operatsion faoliyatini o'z va/yoki qarz mablag'lari hisobidan moliyalashtirish imkoniyati mavjudligini tasdiqlash;
  6. soxta tadbirkorlar va bankrotlarning xalqaro ro'yxatlariga, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining shu kabi ro'yxatlariga kiritilmagan bo`lishi lozim.
  7. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O'zbekiston Respublikasining 660-II-sonli Qonuniga (2019 yil 15 yanvardagi tahririda) rioya qilish;

Majburiy bo‘lmagan taklif arizachining xohishiga ko‘ra ingliz, rus yoki o‘zbek tillarida tayyorlanishi mumkin.

Arizalarni va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, tanlov natijalari va keyingi bosqichlar to‘g‘risida Ishtirokchilar shaxsan xabardor qilinadi.

Majburiy bo‘lmagan takliflarini ko‘rib chiqish asosida eng yaxshi takliflarini taqdim etgan Ishtirokchilarga, Kompaniya haqida qo‘shimcha ma’lumotlar, jumladan Deloitte tomonidan tayyorlangan tahliliy hisobotlar (due diligence), oldi-sotdi shartnomasi loyihasi taqdim etiladi va ulardan Majburiy bo’lgan takliflarini tayyorlash so’raladi. Majburiy takliflarni tayyorlash muddatlari va uning tuzilishiga qo‘yiladigan talablar tanlangan ishtirokchilar shaxsan xabardor qilinadi.

Arizalar va sanab o'tilgan hujjatlarning taqdim etilishi Ishtirokchiga Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitimni imzolaganidan so'ng, Deloitte tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarni batafsil o'rganish imkoniyatini beradi.

Majburiy bo'lmagan takliflar ko'rinishida arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2021-yil 10-dekabr Toshkent vaqti bilan soat 18:00gacha.

Arizalar va majburiy takliflar quyidagi elektron manzillarga yuborilishi kerak: rmukhametshin@deloitte.uz  va amaltseva@deloitte.kz.

Arizalar berish jarayoni barcha Ishtirokchilar uchun ochiq.

Qo'shimcha shartlar:

Agentlik sotish jarayonining ketma-ketligini o'zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan Agentlik, UzAssets, Suvmash va Deliottening Zavodni sotish bilan bo`g`liq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Agentlik UzAssets va Deliotte o'z xohishiga ko'ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o'z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o'zgartirish kiritish;

(ii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iii) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech