“Qibray sharob IEK” MCHJ o‘z faoliyatini 1944 yilda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishdan boshlab, 2020 yilda “Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qibray sharob ilmiy-eksperimental korxonasi” ma’suliyati cheklangan jamiyat (Korxona) shaklida tashkil qilingan.
“Qibray sharob IEK” MCHJ ustav kapitalidagi 100,0 foiz ulush keyinchalik sotish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJga ustav kapitaliga berilgan.
Korxonaning umumiy maydoni 2,9 gektar, umumiy qurilish osti maydoni 9 680 kv.m., shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida 22,7 gektar maydonda uzumzorlari mavjud.
Korxonada 196 ishchi-hodim doimiy faoliyat olib bormoqda.
Korxona uzumni qayta ishlash, vino va alkogol mahsulotlarini ishlab chiarishga tarixan 78 yillik o‘z qadriyatlariga ega.
Bugungi kunda Korxona o‘z faoliyatini 2021 yil 4 yanvarda berilgan ikkita aroq va likyor-aroq hamda vino materiallari ishlab chiqarish uchun litsenziyalar asosida olib bormoqda.
Korxonada Italiya, Xitoy, Vengriyadan keltirilgan quyish liniyalari mavjud bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlari yiliga 600 ming dekalitrni tashkil qiladi.
2021 yilda quvvatlardan foydalanish 312 ming dekalitrni tashkil qilgan.
Hozirda Korxonada 18 turdagi aroq va likyor-aroq mahsulotlari, shundan
15 turdagi aroq (“Talka”, “Forti”, “Senator”, “Yangi Toshkent” nomdagi mahsulotlari eng xaridorgir hisoblanadi), 3 xil (“Fransuzkiy standart”, “Cherniy aist”, “Aleksandriya”) likyor - aroq mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Korxona O‘zbekiston aroq va likyor-aroq ishlab chiqarish bozoridagi ulushi 3% ni tashkil qilib, 2021 yil yakunlari bo‘yicha sof tushum 44,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
“Qibray sharob IEK” MCHJ moliyaviy ko‘rsatkichlari