“O’zbekiston Shampani” aksiyadorlik jamiyati 1942 yilda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashkil etilgan bo’lib, dastlab tarixdan turli nomlar va tashkilotlar sifatida qayd etilgan.
Korxona 2014 yildan boshlab hozirgi kundagi “O’zbekiston Shampani” aksiyadorlik jamiyati ko’rinishiga kelgan. Korxonaning qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ― 4000 so’mga teng bo’lib, jami ― 676 228 donani tashkil etadi.
Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati bo’lib, uning “O’zbekiston Shampani” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 51 % tashkil etadi.
Zavodning asosiy faoliyat turi:
- shampan vinosi, ko’piklanadigan va gazlashtirilgan vinolar ishlab chiqarish va sotish;
- uzumdan tayyorlangan vinomateriallar (tozalangan va tozalanmagan) ishlab chiqarish;
- o’tkirligi 4 hajmli foizdan 8 hajmli foizgacha bo’lgan past darajali vino ichimliklar ishlab chiqarish va sotish;
- aroq va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish.
Korxona hududi 3 ta funksiya bo’yicha hududlarga bo’lingan bo’lib, jami korxona maydoni maydoni―5,1 gektar, mahsulot ishlab chiqarish bino inshoati ― 1,28 gektarni tashkil etadi.
Korxona tomonidan ishlab chiqariladigan alkagol mahsulotlari bir qator xalqaro tanlovlarda yuqori o’rinlarga ega bo’lgan.
- Tarkibida oz miqdorda shakar bo’lgan Gazlangan vinoning “O’zbekiston shampani” nomli mahsuloti uchun ― oltin medal;
- Tarkibida oz miqdorda shakar bo’lgan Gazlangan vinoning “O’zbegim” nomli mahsuloti uchun ― oltin medaliga sazovor bo’lgan.
- Maxsus aroq “Qora oltin” nomli mahsuloti uchun ― oltin medal;
- Maxsus aroq “Drofa” nomli mahsuloti uchun ― oltin medal;
Korxonada 2021 yil 31 dekabr holatiga ko’ra 200 dan ortiq ishchi-xodim o’z faoliyatini olib boradi.
“O’zbekiston Shampani” aksiyadorlik jamiyati 4 turdagi alkogol mahsulotlarini:
- 4 xil shampan.
- 3 xil gazlangan vino.
- 17 xil gazlanmagan vino o’z navbatida 2 turga bo’linadi - 8 xil tabiiy turdagi vino, hamda maxsus turdagi vinolar.
- 15 xil aroq mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Korxona tarmoqdagi flagmanlardan biri hisoblanib, bir qator yuqori afzalliklarga ega:
- Korxona tomonidan ishlab chiqiladigan gazlangan shampan mahsulotlari iste’molchilar orasida talabgor bo’lib, mahalliy korxonalar qariyb gazlangan shampan bozorining 76 % ni egallagan;
- Korxona soha bo’yicha 78 yillik tajribaga ega;
- Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan aroq, vino mahsulotlari ichki mahalliy tarmoq korxonalari mahsulotlariga qiyoslanganda sifati yuqori bo’lib, mahsulot tannarxi pastligi esa yuqori daromadliylikni ta’minlaydi;
- Korxona sifat boshqaruvi tizimini yuqori darajada yo’lga qo’yganligi uchun O’z DSt ISO 9001:2015 sertifikatiga ega.
2022-2023-yillarda kompaniya moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini O'zbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobining milliy standartlaridan (BHMS) xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o'tkazishni rejalashtirmoqda.
“O’zbekiston shampani” AJ moliyaviy ko’rsatkichlar