“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati 1977-yil Navoiy viloyatining Navoiy shahrida ulkan sement va sement mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona sifatida tashkil etilgan. Korxona yiliga 2.5 mln. dona shifr mahsulotlarini hamda yillik 3.5 mln. tonna sement mahsulotini ishlab chiqarish quvvati tashkil etib, O’zbekistonning sement bozoridagi jami 29% ulushini o’z ichiga oladi. Korxona 3 ta mahsulot ishlab chiqarish liniyasi orqali 6 turdagi 10 dan ortiq sement mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Umumiy korxona maydoni 1554 gektarni qamrab olgan bo’lib, jami 3500 ta ishchi-xodim o’z faoliyatini korxonada olib boradi.
Korxonaning qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ― 1570 so’mga teng bo’lib, jami ― 447 516 900 donani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati bo’lib, uning “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 86,9 % tashkil etadi.
Korxona 3 ta sement ishlab chiqarish liniyalari orqali, jami 3,5 mln. tonna sement va sement mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Umumiy hisobda, korxona tabiiy katta mineral zaxiraga ega bo'lib: ohak ―103 mln. tonna, slanets ― 26 mln. tonna, gil slanets ― 18 mln. tonna, gips ― 4,7 mln. tonnani tashkil etadi.
Korxona o’ziga o’ziga qarashli jami transport vositalaridan 68 ta yuk tashuvchi avtomobillar, 5 ta teplovoz temir yo’lda foydalanish uchun, 54 ta traktor va pritseplar, 66 ta avtobus va turli avtomobillar, 84 ta maxsus texnikalar orqali sement tashish va ishlab chiqarish uchun foydalanadi.
Korxona bir qator xalqaro miqyosda joriy etilgan sertifikatlarga ega.
- ISO 14001 ― atrof-muhitni boshqarish tizimiga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga olgan xalqaro standart.
- OHSAS 18001 ― mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha talablar va ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan bir qator standartlar uchun beriladigan sertifikat.
- ISO 9001 ― sifat menejmenti tizimining mezonlarini belgilash uchun joriy etilgan xalqaro sertifikat.
“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida klinker ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi texnologik liniyani qurish” loyihasi (yillik ishlab chiqarish hajmi 1,8 mln tonnaga teng bo’lgan) ni amalga oshirish orqali ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan sifatli klinker mahsulotini ishlab chiqarish hamda qo’shimcha yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida, kapital qo‘yilmalarning umumiy qiymati 112,6 mln. yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan investitsiya loyihasi ishlab chiqildi va hozirgi vaqtda amalga oshirilmoqda.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish 2021-yilda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 92,8 mln. yevro ekvivalenti miqdoridagi o'z mablag‘lari va tijorat banklariining 19,8 mln. yevro ekvivalenti miqdoridagi kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning qurilish-montaj ishlari 2022-yil I chorakda tugatilishi rejalashtirilgan.
Korxona tarmoqdagi flagman hisoblanib, bir qator afzalliklarga ega:
- Qimmatli qog’ozlari O’zbekiston bozorida yuqori likvidlikka ega (blue chip);
- Aktivlarning, kapital bahosi va yuqori dividedning daromadliyligi ;
- Ketma-ket to'rtinchi yili korxona foydasi, aktivlari qiymati, mahsulot sotuv hajmi o’sib borish tendensiyasiga ega;
- Mamlakatda olib borilayotgan kompleks qurilish ishlari yuqori darajani tashkil etmoqda;
- O’zining yirik tabiiy mineral resurslarga boy bo’lgan konlariga ega;
- Katta moliya mablag’lari zaxirasiga ega ekanligi.
2021-2022-yillarda korxona moliyaviy hisob-kitob ishlari Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) dan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga o’tkazilishi rejalashtirilgan.