“Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili bilan uchrashuv. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili bilan uchrashuv.

“Toshkent” Respublika fond birjasi Boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili bilan uchrashuv.
Yangiliklar 📅 15.08.2024

27-avgust kuni “UzAssets” AJda “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruv raisi Georgiy Paresishvili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda O‘zbekiston kapital bozorining dolzarb masalalari va IPO jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv sifatining ahamiyati haqida fikr almashildi. 

Shu bilan birga, davlat kompaniyalarini IPOga tayyorlash bilan bog‘liq bosqichlar va talablar muhokama qilindi. IPOni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun korporativ boshqaruvning yuqori standartlari va kompaniyaning shaffof tuzilmasini xalqaro investorlarga namoyish etish muhimligi ta’kidlandi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar korxonalarda muvaffaqiyatli IPO o‘tkazishning strategik jihatlari va asosiy shartlarini ko‘rib chiqdilar. 

Tomonlar ushbu masalalarga kompleks yondashuv zarurligini hisobga olgan holda, davlat kompaniyalarida IPO o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar. 

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top