2025-yil 25-noyabr kuni “UzAssets” AJda Osiyo taraqqiyot banki delegatsiyasi bilan yashil, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o‘sish uchun iqlimiy o‘tishni jadallashtirish dasturini amalga oshirishga tayyorgarlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, barqaror hisobot standartlarini joriy etish hamda O‘zbekiston davlat korxonalarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar IFRS S1 va IFRS S2 xalqaro barqaror hisobot standartlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratdilar. Mazkur standartlar korxonalarning iqlimga ta’siri, biznes-modellarining barqarorligi hamda iqlimiy xatarlar va imkoniyatlarni boshqarish yondashuvlari bo‘yicha axborotni oshkor etishni ta’minlaydi.
“UzAssets” AJ rahbariyati korxonalarning ushbu standartlarga o‘tishga joriy tayyorgarlik darajasi, shuningdek, ularni bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot taqdim etdi.
Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat olib boradigan Ilg‘or tajribalar markazi (Center of Excellence) ishini tashkil etish masalalari muhokama qilindi:
Tomonlar institutsional qo‘llab-quvvatlashni, idoralararo muvofiqlashtirishni va metodologik izchillikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Bu esa davlat korxonalarining barqaror biznes-jarayonlarga o‘tishini tezlashtirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, iqlimiy tashabbuslarni joriy etish, axborotni oshkor etish sifatini oshirish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish “yashil” va barqaror moliyaviy instrumentlarga kirish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda davlat korxonalarining investitsion jozibadorligini oshirishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston davlat korxonalari faoliyatiga xalqaro barqarorlik standartlarini integratsiya qilishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ishlab chiqish, ekspert bilimlari almashinuvi va kelgusidagi hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling