2026 yil 21 aprel kuni “UzAssets” AJda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2026 yil 21 aprel kuni “UzAssets” AJda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “UzAssets” AJ tomonidan O‘zbekiston davlat korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha joriy natijalar, shuningdek, ularning samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar taqdim etildi.

Davlat kompaniyalarida amalga oshirilayotgan islohotlar dasturiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu dastur zamonaviy korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, raqamlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish va ESG yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, davlat kompaniyalarining shaffofligi va moliyaviy barqarorligini oshirish sohasida erishilgan yutuqlar, jumladan xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ga o‘tish, kredit reytinglarini olish va yaxshilash bo‘yicha ishlar hamda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish haqida ma’lumot berildi.

Muhokama doirasida tomonlar transformatsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek ayrim kompaniyalarni kapital bozorlariga chiqarishga tayyorlash, jumladan joriy bozor sharoitlari va tashqi omillarni inobatga olgan holda IPO o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

 

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content