“UzAssets” AJ vakilining Uchinchi yuqori darajadagi Makrofiskal hamkorlik tarmog‘i yig‘ilishidagi ishtiroki

2026 yil 23–24 fevral kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Uchinchi yuqori darajadagi Makrofiskal hamkorlik tarmog‘i yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan CCAMTAC — Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish markazi doirasida tashkil etildi.

Tadbir mintaqadagi mamlakatlar vakillarini makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, soliq-byudjet siyosatini takomillashtirish hamda tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilish uchun birlashtirdi.

Tadbir dasturi doirasida A. Xodja-Ahmedov “Davlat korxonalarining samaradorligini oshirish: institutlar va korporativ boshqaruvning roli” mavzusidagi panel sessiyasida ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida davlatning mulkdor sifatidagi funksiyalarini amalga oshirish, aktivlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, samarali korporativ boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, samaradorlik va hisobdorlikni baholash instrumentlarini rivojlantirish, shuningdek fiskal xatarlarni boshqarish hamda davlat aktivlari daromadliligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur forum ishtirokchilarga xalqaro tajriba almashish, shuningdek mintaqadagi davlat kompaniyalari faoliyatining shaffofligi va samaradorligini oshirishga oid zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content