ESG tamoyillari boʻyicha davlat kompaniyalarini barqaror rivojlantirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Kategoriya

Joriy yilning 5-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “UzAssets” AJ bilan birgalikda 22 ta davlat ishtiroki korxonalar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, shuningdek, xalqaro auditorlik kompaniyalar vakillari ishtirokida “Davlat kompaniyalarini ESG tamoyillari bo‘yicha barqaror rivojlantirish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbir doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha bo‘lgan Harakatlar strategiyasi asosida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bunda, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek, korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR), shuningdek, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) holati to‘g‘risida jamoatchilikka ma’lumot berish amaliyotini joriy etish ustuvor vazifa bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida, seminar ishtirokchilariga “UzAssets” AJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat kompaniyalarini ESG tamoyillari bo‘yicha barqaror rivojlantirish” “Yo‘l xaritasi” taqdim etildi.

Osiyo taraqqiyot bankining ESG bo‘yicha eksperti Nutan Zarapkar ishtirokchilarga OTB tashabbuslari va O‘zbekistonda ESGni joriy etish hamda davlat korxonalari uchun “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘magi haqida so‘zlab berdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakili o‘z nutqida YETTBning iqlim strategiyasi hamda iqlimga oid korporativ boshqaruvni ishlab chiqish bo‘yicha davlat kompaniyalari bilan ishlash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, xalqaro tashkilotlar tajribasidan kelib chiqqan holda, atrof-muhitga ta’sir etuvchi asosiy ESG mezonlari, jumladan, chiqindilarni boshqarish, energiya iste’moli, havo chiqindilari va suv iste’moli masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

 

Shu bilan birga, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 561-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini yanada jadalroq amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “UzAssets” AJ bilan birgalikda korxonalarda ESGni joriy etish bo‘yicha faol ish olib borayotganini inobatga olib, seminarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishtirokchilar bilan interaktiv muloqot o‘tkazildi.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content